So’nggi yangiliklar

17:10АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблар маълум  1 17:03Футзал бўйича ЖЧ. Украина – Франция. Таркиблар маълум  1 16:42"Реал" Карвахалнинг жароҳати сабаб қишдаёқ Александер-Арнольдни харид қилиши мумкин  1 16:17Дилшод Ирсалиев қайси жамоа жаҳон чемпионлигини қўлга киритишини айтди  1 16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  78 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  2 15:30А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Кальяри"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  3 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  4 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  13 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0

O'zbek futboli timsoli bo'lgan Mirjalol Qosimovga yangierlik muxlisdan xat Yangiliklar

O'zbek futboli timsoli bo'lgan Mirjalol Qosimovga yangierlik muxlisdan xat

Men jurnalist emas, oddiy futbol ishqiboziman.

Futbolga mehrim va qiziqishim sababli o'zbek futbolini kuzatish uchun doim vaqt topishga intilaman. O'zbek futboli deganda ko'pchilik qatori meni ko'z oldimga darrov Mirjalol Qosimov nomi keladi. Bugun o'zbek futbolining haqiqiy afsonasi, futbolimizda 4-raqamni mashhurlashtirib, ommalashtirgan Mirjalol Qosimovning tug'ilgan kuni ekan. Jurnalistlar Qosimovning faoliyati, erishgan yutuqlari va hokazo haqida ko'p yozishgan va hali yana ko'p yozishadi, Insha Alloh.

Xat yozishimdan maqsad shuki, avvalo men yozayotgan xatni saytda chop etishni lozim topishsa, unda fursatdan foydalanib birinchi navbatda o'zbek futboli timsoliga aylangan Mirjalol Qosimovni tavallud ayyomi bilan tabriklayman va unga barcha yaxshi tilaklarimni bildiraman.

To'pni tepib millionlab muxlislarni futbolga mehr qo'yishiga sababchi bo'lgan, jarima zarbalari va burchak to'plari ijrosi bilan jahonga tanilgan noyob istedod sohibining futbolchilik faoliyati juda yorqin o'tgan. Bu haqida ortiqcha tarif berishga hojat bo'lmasa kerak. Hozirgi zamonning yosh avlodi bu haqida internet orqali tanishib chiqishi mumkin.

Men ham tabiiyki Mirjalol Qosimovning chin manodagi muxlisiga aylanganman. Terma jamoa libosi, "Paxtakor" safidagi o'yinlari yoki "Alaniya"dagi faoliyatini juda yorqin xotiralar bilan eslaymiz. Sog'inamiz.

Futbolchi Qosimov haqiqiy jonkuyar, fidoiy, mehnatkash va tug'ma etakchi sifatida ko'z oldimizda gavdalanadi. Juda shirin va yoqimli nostalgiya.

Hozir esa o'zbek futboli afsonasi tajribali murabbiy sifatida Olmaliq jamoasi boshqaruvida yaxshi ishlamoqda. Futbolchilik faoliyatida o'z nomini, shaxsiyatini shu qadar yuqori ko'targanki, murabbiylik davrida tabiiyki undan yanada ko'prog'ini, ortig'ini kutamiz. Mirjalol Qosimov terma jamoa bosh murabbiyi bo'lganda butun muxlislar trener Qosimov bilan mundial orzusiga ishonishdi. Mayli, hozir eski mavzuni ochish niyatim yo'q. Qosimovning terma jamoadagi faoliyati zo'r bo'lmagan bo'lsada, yomon ham emasdi. Futbolimiz darajasidan bir bosh baland sakrashga juda yaqin kelgan Qosimovga barcha aybni ag'darish noo'rin bo'ladi.

"Bunyodkor"ning yulduzli onlarida ham, qiyinchilik davrida ham Mirjalol Qosimov ajoyib faoliyat yuritdi. Osiyoda hech kim ishonmagan mahal Yaponiya, Koreya va Xitoy jamoalari bilan tengma-teng o'ynab, OCHLda final ostonasiga qadar borgan murabbiy ham Mirjalol Qosimov ekanini unutmaymiz.

Men shunchaki oddiy muxlis sifatida Mirjalol Qosimov murabbiylik faoliyatida hali yana katta g'alabalarga erishishiga ishonchim yo'qolmagan. Uning Olmaliqdagi faoliyatini kuzatib, jamoaning o'yinlarini qoldirmaslikka harakat qilaman. Adashmayotgan bo'lsam Qosimov Olmaliqqa kelganiga 4 yil to'ldi. Natijalar juda zo'r deb bo'lmasada, barqarorlik, jamoaning avvalgi mavqeidan ko'ra yaxshilanish sezilardi. Lekin bilasizmi, bu natijalar Mirjalol Qosimovdek nom uchun juda kamlik qiladi. Men trener Qosimov Olmaliq jamoasi bilan bo'ladimi yoki boshqa klubmi farqi yo'q, chempionlik uchun kurashishini, yana titullarni qo'lga kiritishini istayman. Bu faqatgina murabbiyga bog'liq masala emasligini tushunamiz. Futbol bu shunchaki o'yin emas, balki ilmiy asoslarga tayanilayotgan fanga aylanganini butun jahon futboli bilimdonlari tan olgan. Zamonaviy futbol yildan-yilga o'zgarib, tezlashib bormoqda. Jahonning eng kuchli murabbiylari Gvardiola deymizmi yoki Kloppmi farqi yo'q, milliardlab transferlar orqali raqobatbardoshlikni saqlab, yuqorida barqaror turishibdi. Katta pullar va zo'r futbolchilarsiz kuchli murabbiy sifatida peshqadamga aylanishning imkoni yo'q. Zo'r, kuchli murabbiylarga ularni talabini bajarishga qodir bo'lgan eng yaxshi ijrochilar kerak.

Vaqt juda tez o'tmoqda. Kechagina futbolni tugatib murabbiylikni boshlagan Mirjalol hozirda chempionatimizning oqsoqol mutaxasislaridan biriga aylangan. Lekin bu degani uning murabbiylikdagi eng yorqin onlari ortda qoldi degani emas.

Mirjalol Qosimovga muxlislik murojaatim shuki, biz trener Qosimovdan chempionlik va eng asosiysi Osiyo maydonlarida yana bayroqdor jamoa tuzishingizni va katta natijalar orqali o'zbek futboli ishqibozlarini xursand etishingizni istaymiz.

Men ko'pchilik nomidan bemalol yozayotganimning sababi, Yangierda Qosimovning haqiqiy muxlislari juda ko'p. O'zbekistonda esa ular millionlab ekanligiga shubha yo'q.

Futbolchilik faoliyatida 4-raqamni o'ziniki qilgan Mirjalol, murabbiylikda 1-raqamni yana qaytarib olishi kerak...

Omad senga, o'zbegim Mirjaloli!


Yangierdan Jamol Mansurov



P.S. Biz bilan telegramda @caeshitadi niki orqali bog'lanish va fikrlaringizni yuborishingiz mumkin.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика