So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

O'zbek futboli afsonasi 75 yoshda Yangiliklar

O'zbek futboli afsonasi 75 yoshda

O'tgan asrning 60-70 yillarida o'zining yorqin o'yinlari bilan millionlab ishqibozlar qalbini zabt etgan mahoratli futbolchilardan biri Birodar Abduraimovdir.

Uning "Paxtakor" safidagi o'yinlarini barcha faxr bilan tilga oladi. Abduraimov familiyasini eshitganda muxlislar ko'z o'ngida golga tashna hujumchi gavdalanadi desak, xato qilmagan bo'lamiz. Bu yil taniqli futbolchi, mahoratli murabbiy Birodar Abduraimov 75 yoshni qarshilaydi.

Erkin (Birodar) Abduraimov 1943 yilning 14 mayida Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligidan sportga qiziqqan Birodar tengdoshlari bilan mahallada futbol o'ynar, bo'sh vaqt topdi deguncha stadion tomon oshiqardi. Futbol bir nechta sport turiga xos harakatlarni o'zida mujassamlagan murakkab o'yin. Biroq to'p bilan do'stlashgan uddaburon qaxramonimiz erta tongdan maydon bo'ylab yugurib, to'p tepib mashq qilishdan charchamasdi. Harakatlari natijasi o'laroq, 16 yoshida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga kiritildi. Sergey Arutyunov boshchiligidagi bu jamoa CHimkent va Petropavlovskdagi musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan.

Yosh yigit har bir mashg'ulot payti zalda soatlab shug'ullanar, burchak zarbasini qoyilmaqom tarzda tepishni o'zlashtirar, tinkasi qurisa hamki, yana va yana mashq qilaverardi. SHu tarzda Birodar uchun omadli yillar boshlandi. Oldinda uni "Paxtakor" kutardi.

Abduraimov sobiq ittifoqning o'smirlar, olimpiya va milliy terma jamoalari sharafini munosib himoya qilib, olqish olgan. Rio-de-Janeyrodagi afsonaviy "Marakana" arenasida 140 ming tomoshabin shohidligida sobiq ittifoq termasi tarkibida Braziliya termasi ustidan g'alaba qozonilgan uchrashuvda o'ynagan!

1960-74 yillarda "Paxtakor" jamoasining etakchi hujumchisi sifatida ajoyib o'yinlari bilan o'zbek nomini dunyoga tanitdi. Quyida biz sanab o'tadigan faktlar qaxramonimizning chinakam istedod sohibi ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi.

Mamlakat chempionatlarida 425 uchrashuvda ishtirok etgan, shu jumladan, "Paxtakor" tarkibida 358 uchrashuvda qatnashgan.

1968 yili SSSR chempionati oliy ligasida 22 gol, 1972 yili birinchi ligada 34 gol bilan eng sermahsul to'purarga aylangan.

Nufuzli turnirlarda 104 ta gol kiritib, "Grigoriy Fedotov nomidagi to'purarlar klubi" azosiga aylangan.
SSSR kubogi finalchisi bo'lgan.

1990 yili O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy unvoni bilan taqdirlangan.

1992 yili bosh murabbiy sifatida Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan O'zbekiston Kubogining birinchi sohibi sifatida tarixga kirgan.

1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida chempionga aylangan.

Birodar Hasanovich O'zbekiston futbolida o'z o'rniga ega Abduraimovlar sulolasiga asos solgan.To'ng'ich o'g'li Azamat terma jamoamiz tarkibida Osiyo o'yinlari chempioni, bir qator mamlakatlar chempionatlari g'olibi bo'lgan. Hozirda O'zbekiston o'smirlar termasi bosh murabbiyi. Yana bir farzandi Jasur Abduraimov endilikda "Paxtakor" jamoasi murabbiylar shtabida ishlamoqda.

Birodar Abduraimov "SHuhrat" medali (1994), "O'zbekiston iftihori" (2003) ko'krak nishoni, "Fidokorona xizmatlari uchun" (2006) ordeni bilan mukofotlangan.

Biz o'zbek futboli afsonasi Birodar Hasanovichni 75 yoshga to'lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz hamda yana ko'p yillar futbolimiz ravnaqiga hissa qo'shib yurishini tilaymiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика