So’nggi yangiliklar

20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  122 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  4 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  19 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  17 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  25 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

O'z dubli orqali jamoasiga muhim g'alaba keltirgan hujumchi, 10 ga yaqin seyv amalga oshirgan darvozabon - Superligada 8-tur laureatlari Yangiliklar

O'z dubli orqali jamoasiga muhim g'alaba keltirgan hujumchi, 10 ga yaqin seyv amalga oshirgan darvozabon - Superligada 8-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Turon" posboni Rahimjon Davronov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Yaypanliklar darvozaboni ortda qolgan turda ko'plab seyvlarni amalga oshirib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Mahoratli futbolchi faol harakatlari evaziga "Metallurg" bilan o'yinni yuqori notada o'tkazdi va tur darvozaboni bo'ldi.


"Neftchi" hujumchisi Toma Tabatadze "Championat.asia" talqinida 8-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Maydonda o'zining aniq harakatlari bilan ajralib turgan Toma Tabatadze "Nasaf" bilan o'yinda 2 ta standart vaziyatdan mohirona ravishda foydalandi. Penaltini tepishda sovuqqon harakat qilgan gruziyalik legioner jarima zarbasini ham qoyilmaqom ijro qildi va jamoasining g'alabasida bosh qahramonga aylandi (2:1). SHu bilan birga, Superligadagi gollari sonini 6 taga etkazib oldi.


"Andijon" hujumchisi Rubin Xebayning "Paxtakor" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 8-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

"Andijon" legioneri "Paxtakor" bilan uchrashuvda chamasi 20 metrdan zarba yo'llab, Sanjar Quvvatovni qiyin ahvolda qoldirdi va hisobni tenglashtirdi.


"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko "Championat.asia" talqiniga ko'ra 8-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Farg'onaliklar ushbu turda o'z uyida "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratishdi (2:1). Jamoa ustozining bahsga to'g'ri taktika tanlagani g'alaba omili bo'ldi. 

Umuman olganda, "Neftchi" birinchi davrani 3-o'rinda tugatishida Levchenkoning o'rni beqiyos.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика