So’nggi yangiliklar

09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0

O'yinchilar oldidagi qarzlar - normal holat emas. Rossiyada masala qanday hal qilingani haqidagi voqea Yangiliklar

O'yinchilar oldidagi qarzlar - normal holat emas. Rossiyada masala qanday hal qilingani haqidagi voqea

Teglar :  NeftchiSurxon
"Surxon", "Neftchi" va Superliganing boshqa klublaridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda.

O'tgan yilning so'nggidayoq Superligadagi bir necha klublarning o'yinchilar oldidagi qarzlari haqida malumotlar chiqqandi. Bu nafaqat hozirgi futbolchilar, balki ancha oldin jamoasini o'zgartirganlarga ham tegishli edi.

Hozirda "Neftchi" va "Surxon"ning futbolchilar oldidagi qarzlari malum. Balki muammo boshqa klublarda ham bordir.

Championat.Asia faol tarzda bu masalani yoritadi. Oldinroq, saytimizda "Surxon" sobiq futbolchilarining murojaatlarini elon qilgandik. Klub ulardan ayrimlariga 100 million so'mdan ortiq berishi kerak.

Mamlakatda futbol rasmiylari bu borada ish olib borilayotganini xabar qildi, ammo o'yinchilar hali o'zlariga tegishli bo'lgan pullarni olishmagan. SHu sabab Rossiyada bunday masala qanday hal bo'lganini ko'rib chiqamiz.

2020 yilning so'nggida "Tambov" futbol klubi xodimlar va futbolchilarga maosh to'lashda muammolari borligi haqida birinchi malumotlar paydo bo'ldi. Masaalan, 2020 yilning oktyabrida qarz 16 milliard so'mdan ortiqni tashkil etdi. Va bu atigi bir necha oy ichida! SHunga qaramay, klub RPLda o'ynashda davom etdi va o'yinlarini boshqa shaharda, aniqrog'i JCH-2018 o'yinlari bo'lib o'tgan va bankrot bo'lgan "Mordoviya" bahslarini o'tkazgan Saranskdagi stadionida o'tkazdi.

Noyabr oyida o'sha paytgacha olti oy davomida maosh olmagan "Tambov" futbolchilari Rossiya chempionati o'yinini boykot qilish niyatlarini elon qilishdi. Natijada o'yin baribir tashkil etildi, ammo ayrim futbolchilar o'yinga kelishmadi. Pul yo'qligiga qaramay o'ynaganlardan biri "Rubin" va Rossiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Sergey Rijikov bo'ldi. Keyinroq u bir necha oy davomida oilasini rafiqasi taminlaganini aytdi.

- Dekabr yoki yanvarda sud ijrochilaridan 22 ming rubl (3 mln so'm atrofida - CA eslatmasi) olishdi. Bu sentyabr oyi uchun so'nggi bor maoshimni olishim edi. Bu faqat mendagi holat emas: mamuriy shtab, tibbiyot shtabi, klub ishchilari, bizda qolgan bir necha nafar futbolchilar. Klubdan ketgan yigitlar menimcha qandaydir to'lovlarni olishgan. Qolganlarga esa kopeyka ham to'lashmadi. Bizga payshanbaga qadar qandaydir pullar to'lanishini vada berishdi. Ko'ramiz, klub rahbariyati o'z so'zida qanday turar ekan. Albatta, pul bor: ko'chmas mullka sarmoya kiritganman, xudo xotinimga sog'lik bersin, u bularning barchasi bilan shug'ullanadi. Hozircha, xotinim bizni boqadi deyish mumkin.

Asta-sekin etakchi futbolchilar klubni tark etishni boshlashdi. Qaysidir payt "Tambov" bilan shartnomada atigi sakkiz futbolchi qolgandi! RPL klubga yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish va barcha qarzlarni to'lashni buyurdi. SHuningdek, klubni licenziyalash masalasi ham jiddiy muhokama qilindi - "Tambov" misolida bu jarayonni yanada kuchaytirish zarurligi ayon bo'ldi.

Fevral oyida Rossiya chempionati qishki pauzada bo'lgan payti RPL "Tambov"ga yordam ko'rsatilishini malum qildi. Asosiy maqsad jamoaning Rossiya chempionatidan olinishiga yo'l qo'ymaslik edi. "Tambov" mavsumni yakunlab qo'yishi uchun mamlakatdagi futbol rahbariyati klubga kichik miqdordagi kredit ajratdi, bu esa yo'l harajatlariga ketdi, RPL jamoalari esa o'z yosh futbolchilarini tambovliklarga ijaraga berishdi. Ulardan biri o'sha paytda Moskvaning "Lokomotiv"iga tegishli bo'lgan Jasur Jaloliddinov edi.

Mavsum tiklanishiga yaqin, aniqrog'i 2021 yilning martida "Tambov"ning bankrotligi haqida mish-mishlar chiqdi. Ammo, jamoa o'sha Rossiya chempionatini yakunlab qo'ydi. SHuningdek, bu janjallarsiz o'tmadi: bir necha nafar o'yinchilar kelishilgan o'yinlarda gumon qilinishdi.

"Tambov" siyosiy o'yinlar qurboni bo'lgani malum bo'ldi. "Tambov"dagi qarzlar bilan bog'liq vaziyat"?. Bu mavzu to'liqligicha Tambov viloyati gubernatori Aleksandr Nikitinning javobgarligida. U vada berdi va saylovlardan keyin g'oyib bo'ldi. Albatta, ishlagan pulimiz bizga berilishini kutamiz. Va o'zimizniki uchun oxirigacha kurashamiz", - dedi "Tambov" sobiq himoyachisi Aleksey Ribin 2021 yilning aprelida.

RPLda mavsum yakunida, aniqrog'i 2021 yilning mayida "Tambov"ning faoliyati to'xtatilgani malum bo'ldi. Biroz vaqt o'tgach, o'sha yilning kuzida klub bankrot deb elon qilindi va "Tambov"ning sobiq rahbarlariga nisbatan firibgarlik va viloyat byudjetidan ajratilgan subsidiyalarni o'g'irlashda gumon qilinib, jinoiy ishlar qo'zg'atildi.

Bu voqeadan klublarimiz qanday saboq olishi mumkin. Birinchi navbatda, vaziyatni o'z holiga qo'yish kerakmas. Klubda qancha ko'p qarz bo'lsa, uni to'lash shunchalik qiyin bo'ladi. SHuningdek, mavsum starti oldidan klublarni licenziyalash masalasiga ham jiddiy etibor qaratish lozim. Va albatta, muammolar haqida gapirish kerak, sababi shunday qilib ularni echish mumkin.


Mister Iks

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика