Oy laureati. Sanjar Quvvatov - sentyabr oyining "Eng yaxshi futbolchisi"
06 okt 2017 17:10
Yangiliklar
Oy laureati. Sanjar Quvvatov - sentyabr oyining "Eng yaxshi futbolchisi"
Sentyabr yakunlariga ko'ra, "Nasaf" darvozaboni Sanjar Quvvatov oyning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Bunga sabab kasbilik darvozabon o'tgan oy jamoasi tarkibida barcha rasmiy o'yinlarda maydonga tushib, o'z darvozasidan birortayam to'p o'tkazib yubormadi. Albatta, "Nasaf" safida Dragan CHeran, Bahrom Abdurahimov singari futbolchilar ham o'zlarini ko'rsata olishdi.
Ammo sayt ijodkorlari yakunda Sanjar Quvvatov variantida to'xtalishni lozim topdik. Garchi birinchi davradan keyin Eldor Suyunov klubni tark etgan bo'lsa-da, Quvvatov "Nasaf"da yakkalanib qolmadi. U ishonchli o'yin ko'rsatishda davom etmoqda. "Nasaf" o'tgan oyda "So'g'diyona", "Olmaliq", "Lokomotiv", "Obod" va "Qizilqum" klublarini gol o'tkazmasdan mag'lubiyatga uchratdi va bunda darvozabonning ham hissasi katta bo'ldi.
SHu bois Sanjar Quvvatovni oy laureti deb topishga qaror qildik. Biz ushbu etirof bilan qarshilik muxlislar hamda jamoa darvozaboni Sanjar Quvvatovni tabriklaymiz.
Fikrlar