Oxirgi uchrashuvini ikki yil avval o'tkazgan Karius Angliya liga kubogi finalida maydonga tushirildi
27 fev 2023 01:17
Yangiliklar
Oxirgi uchrashuvini ikki yil avval o'tkazgan Karius Angliya liga kubogi finalida maydonga tushirildi
"Nyukasl" darvozaboni "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya liga kubogi finalida asosiy tarkibdan joy oldi.
SHu tariqa, nemis futbolchisi 2021 yilning 28 fevralidan beri ilk bor rasmiy o'yinda maydonga tushadi – o'shanda Loris “Union Berlin” safida “Xoffenxaym”ga (1:0) qarshi bahsda ishtirok etgandi. SHundan beri oradan 728 kun u maydon yuzini ko'rmadi.
Karius "Nyukasl"ning birinchi va ikkinchi darvozaboni yo'qligi uchun asosiy tarkibdan joy egalladi, Nik Pope diskvalifikacion jazoni o'tamoqda, Martin Dubravka esa ushbu Liga kubogida "Manchester Yunayted" safida maydonga tushgan, shu sababli u ham maydonga tusha olmadi.
Mazkur bahsda "Manchester Yunayted" vakillari Karius darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritib, liga kubogi sohibiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar