Overmars: "Real" eng yaxshi klub edi"
26 fev 2016 12:43
Yangiliklar
Overmars: "Real" eng yaxshi klub edi"
"Barselona" sobiq futbolchisi Mark Overmars "Arsenal"ni tashlab Kataloniya klubiga o'tgani haqida so'zlab berdi.
"O'sha damlarni yaxshi eslayman. "Arsenal"da mavsum oldi tayyorgarlik o'tkazayotgan edik va kutilmaganda "Barselona" katta pul evaziga Luish Figuni "Real"ga sotdi. "Arsenal" meni Kataloniya klubiga pulladi, ammo menga oson bo'lmadi, chunki "Barselona" o'sha paytda o'zining yaxshi damlarini o'tkazmayotgan edi. Klubda muammolar ko'p edi va murabbiy tez-tez almashib turardi. Bazida bu erga o'tib to'g'ri qildimmi deb o'zimga savol berar edim. Ammo sen hayotdagi barcha imkoniyatlardan foydalanishing kerak. "Barselona"dek klubga o'tganingda, sovrinlar uchun hamma ishga qodir bo'lasan. O'sha paytda "Real" jahonning eng yaxshi klubi edi. Afsuslandim, ammo oilam Barselonadek shahardan rohatlandi" - deydi Overmars.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar