"Vinisius hakamning ishini o'ta murakkablashtirib yubordi" - Mark Klattenburg braziliyalik yulduzni tanqid qildi
18 fev 17:30
Yangiliklar
"Vinisius hakamning ishini o'ta murakkablashtirib yubordi" - Mark Klattenburg braziliyalik yulduzni tanqid qildi
Uning fikricha, Vinisiusning goldan keyingi xatti-harakatlari o'yin tizginini ushlab turgan hakam uchun ortiqcha bosim yaratgan.
Voqealar rivoji:
Eslatib o'tamiz, o'yinning 50-daqiqasida Vinisius golni burchak bayroqchasi yonida raqs tushib nishonladi va shundan so'ng raqib futbolchisi Djanluka Prestianni bilan nizoga bordi. Natijada bosh hakam Fransua Letekse irqchilikka qarshi protokolni ishga tushirib, o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Klattenburgning "ayblovi":
Klattenburgning takidlashicha, futbolchi birinchi navbatda o'z vazifasini bajarishi va ortiqcha hissiyotlarga berilmasligi kerak edi:
"Vinisius Junior hakamga shikoyat qilganidan so'ng, referi UEFA tomonidan belgilangan qoida va protokollarga amal qilishi shart edi. Biroq bu erda asosiy muammo — Vinisiusning o'zi vaziyatni chigallashtirganida. U avvalo o'ziga zarar etkazdi va hakamning ishini o'ta murakkab ahvolga solib qo'ydi.
U ajoyib gol urdi, tamom! Shunchaki golni nishonlab, o'z maydoniga qaytishi kerak edi. U esa vaziyatni haddan tashqari qiyinlashtirib yubordi", — dedi Klattenburg.
Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda Vinisius sariq kartochka oldi, "Benfika»" ustozi Joze Mourinyu esa hakamlar bilan bahslashgani uchun maydondan quvildi. Lissabondagi "shovqin" hali-beri tinadiganga o'xshamaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar
Вини Моурни кулогига нимани пичирлаганиниям ёзилар, битта шу колди