Ouen: “Uchovlon himoyaga qaytish haqida umuman o'ylamayapti”
28 noy 2021 08:50
Yangiliklar
Ouen: “Uchovlon himoyaga qaytish haqida umuman o'ylamayapti”
Angliya TJ sobiq forvardi Maykl Ouen CHempionlar Ligasida “Man Siti”ga (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin PSJ hujumchilarini tanqid qildi.
“Eng zo'r jamoalar bunga yo'l qo'ymaydi (himoyalanayotganda hujumchilar oldinda qolishi), bu uchlik qanchalik buyuk va istedodli bo'lishidan qati nazar.
Katta musobaqalarda g'alaba qozonish uchun bunga yo'l qo'ymaslik kerak. Futbolchimi yoki murabbiyimi, farqi yo'q, ulardan ko'proq narsani talab qilishing lozim.
SHu sababdan PSJ CHempionlar Ligasida g'alaba qozonmasligiga ishonaman. Har yili ko'pchilik PSJ yutishini aytadi, men esa ularga ishonmayman.
Uchovlonning birortasi ortga qaytishga xohishi yo'q. Ular yurib, sekin yugurishmoqda…
Ular himoya planida hech qanday effekt ko'rsatmayapti, kuchli raqiblarga qarshi o'ynaganda esa bunday ozchilik bilan himoyalana olmaysiz”, deydi sobiq forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar