So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  29 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

O'tgan yili "Xo'jand" tarkibida "Nasaf"ga qarshi o'ynagan o'zbek futbolchisi "So'g'diyona"ga qarshi o'yin oldidan qanday fikrda? Yangiliklar

O'tgan yili "Xo'jand" tarkibida "Nasaf"ga qarshi o'ynagan o'zbek futbolchisi "So'g'diyona"ga qarshi o'yin oldidan qanday fikrda?

"Xo'jand" futbolchisi Samandar Ochilov OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bo'lajak o'yin haqida

- Avvalambor barcha O'zbekiston futbol muxlislariga salom yo'llab qolaman. Raqib jamoani o'rganib chiqdik, ular O'zbekiston Superligasida o'z o'rnini topib ulgurgan jamoa sanaladi. Qolaversa, jizzaxliklar tarkibida etakchi o'yinchilar bisyor. O'ylaymanki, ertangi o'yinda raqibga etarlicha qarshilik ko'rsata olamiz.

- O'tgan yili "Xo'jand" tarkibida OFK kubogi doirasida "Nasaf"ga qarshi bahsda ishtirok etgansiz. "So'g'diyona"ni o'tgan yilgi "Nasaf"ga qaraganda kuchliroq deb hisoblaysizmi?

- Ha, o'tgan yili OFK kubogi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'ynaganman. Lekin ikkala jamoa bir-biriga o'xshamagan o'yin namoyish etadi. Har ikki klub ham kuchli tarkibga ega, faqatgina taktik jihatdan farq qiladi.

- Mendagi malumotlarga ko'ra, "Xo'jand" tarkibida bugungi kunda 5 nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadi. Ular orasida Dinmuhammad Ochilov bilan qarindoshligingiz bormi?

- Takidlaganingizdek, klub safida 5 nafar o'zbek futbolchisi to'p tepadi. Dinmuhammad Ochilov mening ukam bo'ladi", dedi o'zbekistonlik himoyachi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика