So’nggi yangiliklar

16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  0 16:02Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  2 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  0 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  7 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  8 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   2 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  27 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  1

O'tgan yil Tolibjonov boshqargan o'yinlarda "Metallurg" yuta olmagan Yangiliklar

O'tgan yil Tolibjonov boshqargan o'yinlarda "Metallurg" yuta olmagan

Bugun oliy ligada 5-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Biz odatimizga ko'ra, 5-tur juftliklarini boshqarib boradigan hakamlarning o'tgan mavsumdagi faoliyatiga nazar tashlaymiz.

16 aprel (shanba)
"METALLURG" – "OBOD"
Hakamlar:
Olim Tolibjonov (Toshkent), Rasul Fozilov (Namangan), Mo'min Majidov (Namangan), Dilshod Karimov (Toshkent).
Nazoratchi: Oleg Rubakov (Toshkent).
O'zPFL vakili: R.CHernikov.

Olim Tolibjonov ham tajribali hakamlarimizdan biri hisoblanadi. O'tgan mavsum oliy ligada 16ta o'yinni boshqargan Tolibjonovga "Metallurg"ning safardagi uchta uchrashuvi ishonib topshirilgan. Etiborlisi, "metalsozlar" uchta bellashuvning ikkitasida durangga erishgan bo'lsa, bittasida yutqazgan.

2015 yil. "Metallurg" ishtirokidagi uchrashuvlar
SO'G'DIYONA - METALLURG - 0:0
PAXTAKOR - METALLURG - 3:2
QIZILQUM - METALLURG - 1:1

"Obod" ishtirokidagi uchrashuvlar
Yo'q
 
"BUNYODKOR" – "OLMALIQ"
Hakamlar:
Zokir Qodirov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), R.No'monov (Toshkent), Ahmad Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.

Navoiylik Zokir Qodirov 2015 yil "Bunyodkor" ishtirokidagi boshqarganida o'yinda faqat bitta gol urilgan. "Qaldirg'ochlar" "Dinamo" va "Qo'qon-1912"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Lokomotiv"ga huddi shu hisobda yutqazib qo'ygan. "Olmaliq" esa, o'z uyida "Qo'qon-1912"ni qabul qilib, 2:1 hisobida ustun kelgan.
 
2015 yil. "Bunyodkor" ishtirokidagi bellashuvlar
BUNYODKOR - DINAMO - 1:0
QO'QON-1912 - BUNYODKOR - 0:1
BUNYODKOR - LOKOMOTIV - 0:1

"Olmaliq" ishtirokidagi bellashuv
OLMALIQ - QO'QON-1912 - 2:1
 
"NAVBAHOR" – "SHO'RTAN"
Hakamlar
: Vladislav Ceytlin (Toshkent), Nabi Ro'zimov (Toshkent), Farrux Yormuhamedov (Toshkent), Ravshan Kopadze (Farg'ona).
Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V.SHtern.

Tajribali hakamlarimizdan yana bir Vladislav Ceytlin o'tgan mavsum "Navbahor" ishtirokidagi naqd (!) beshta o'yinni boshqargan. Uchrashuvlarning uchtasi xuddi bugungidek Namanganda bo'lib o'tgan. Ammo "lochinlar" uchta o'yinning faqat bittasida g'alaba qozongan. "SHo'rtan" ikkita o'yinini Ceytlin hakamligida o'tkazib, har ikkala bahsda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.  

2015 yil. "Navbahor" ishtirokidagi uchrashuvlar
NAVBAHOR - MASH'AL - 0:2
NAVBAHOR - OLMALIQ - 2:2
METALLURG - NAVBAHOR - 2:3
SO'G'DIYONA - NAVBAHOR - 2:0
NAVBAHOR - QIZILQUM - 2:1

"SHo'rtan" ishtirokidagi uchrashuvlar
QO'QON-1912 - SHO'RTAN - 2:1
OLMALIQ - SHO'RTAN - 3:1
 
"NEFTCHI" – "SO'G'DIYONA"
Hakamlar:
R.Bobomurodov (Navoiy), B.Qodirov (Buxoro), A.Qo'ldoshev (Buxoro), A.Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: A.Hotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N.Lutfulin.

"Neftchi" 2015 yil Bobomurodov hakamlik qilgan uch o'yining ikkitasida g'alaba qozongan. "Lokomotiv" bilan o'z uyida bo'lgan bahsda yutqazib qo'ygan. "So'g'diyona" hisobida bitta uchrashuv bor. O'sha bahs ham "Lokomotiv"ga qarshi Jizzaxda bo'lib o'tgan va o'yinda "temiryo'lchilar" uch ochkolik bo'lishgan.

2015 yil. "Neftchi" ishtirokidagi o'yinlar
NEFTCHI - MASH'AL - 1:0
QO'QON-1912 - NEFTCHI - 1:2
NEFTCHI - LOKOMOTIV - 1:2

"So'g'diyona" ishtirokidagi uchrashuv
SO'G'DIYONA - LOKOMOTIV - 1:3
 

Furqatbek Nishonov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика