So’nggi yangiliklar

09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  0 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  3 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  2 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  27 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  10 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  23 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  59

Futbolchi otasi qurolli hujum natijasida halok bo'lgan hamda noto'g'ri tatiurovka chizdirgan Gvatemala U-20 o'yinchisi Figu haqida Yangiliklar

Futbolchi otasi qurolli hujum natijasida halok bo'lgan hamda noto'g'ri tatiurovka chizdirgan Gvatemala U-20 o'yinchisi Figu haqida

Uning ismini "Real" va "Barselona"da porlagan portugaliyalik yulduz sharafiga Figu deb qo'yishgan. Uning otasi Aleks Montano 38 yoshida Meksika bilan chegarada vafot etdi. Bir necha kundan so'ng gvatemalalik futbolchi jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

2004 yil kolumbiyalik futbolchi Aleks Montano dunyoga kelgan farzandiga "Real" va "Barselona"da porlagan portugaliyalik yulduz sharafiga Figu deb ism qo'yadi. Bugungi kunda Gvatemala U-20 terma jamoasida o'z o'rniga ega bo'lgan bolakay ikki kundan so'ng O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Gvatemalalik istedodli futbolchi hayotining har onida Meksika bilan chegaradosh Malakatanda joylashgan restoranda nomalum shaxslar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujumda halok bo'lgan otasini xotirlaydi. Mahalliy hokimiyat malumotlariga ko'ra, uning otasi qurol kontrabandasi va odam savdosi bilan shug'ullanadigan xalqaro jinoiy narkoto'dalar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo'lgan.

Kolumbiyalik Aleks Montano 2002 yil Tinch okeanidagi port shaharcha Buenaventuradan Gvatemalaga ko'chib kelgan. Uning orzusi farzandini mashhur futbolchi sifatida shakllantirish edi. Garchand bu kunlarni ko'rmagan bo'lsa-da, ota orzusiga qisman erishdi: uning o'g'li to'p tepayotgan Gvatemala yoshlar terma jamoasi o'z tarixida ikkinchi marta U-20 jahon chempionatida ishtirok etmoqda. "Ushbu muvaffaqiyatimni samolarda meni kuzatib turgan otamga bag'ishlayman", dedi Figu saralash bosqichidan so'ng. Hattoki, futbolchi chap bilagiga men jahon chempionati o'yinchisiman degan tatiurovka ham chizdirgan, biroq shoshqaloqlikka yo'l qo'ygan, yani uning qo'lida Indoneziya yozuvi aks etib qolgan. Mundial mezbonligi esa ushbu mamlakatdan olib qo'yilib, Argentinaga taqdim etilgan.

Futbolchining aytishicha, saralash bosqichining dastlabki o'yinida Salvadorga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygach, ularning muvaffaqiyatli natija qayd eta olishiga hech kim ishonmay qo'yadi. Yakunda esa gvatemalaliklar yarim finalga qadar etib bori, mundial yo'llanmasiga ega chiqadi. SHu jumladan, chorak finalda Meksika penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etiladi. 

"Murabbiy bizga ishonch bildirib, hamisha olg'a boshlagan. Bu ham yutug'imizning bir bo'lagidir", deya qo'shimcha qildi chap qanot o'yinchisi.

Figu ota makonida yashamayotgan bo'lsa-da, yaqinlari bilan aloqada bo'lib turadi. 

"Bobom, buvim, akam bilan doimo telefon orqali muloqot qilib turamiz. Men hech qanon Kolumbiyada bo'lmaganman, biroq qachondir u erga tashrif buyurib, yaqinlarim bilan uchrashishni orzu qilaman".

Uning otasi 2012 yilning dekabrida 38 yoshida ko'z yumgan.

"Otamning o'yinlarini ko'rdim. U juda kuchli zarbaga ega edi hamda mohirona fintlar ishlata olardi. Mening o'yinimni kuzatganlar jismoniy kuch va tezlik jihatdan otamnga o'xshashimni aytishadi. Otamdan ko'p narsa o'rganolmadim, chunki biz birga ko'p vaqt yashashga ulgurmadik".

Hozirda jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchi bir kun kelib, otasining orzubini ro'yobga chiqarish maqsadida chempion bo'lishga qattiq bel bog'lagan.

Eslatib o'tamiz, "A" guruhining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston — Gvatemala uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 27 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика