So’nggi yangiliklar

17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  1 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  1 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  5 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  1 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  2 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  15 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  1 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  6 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  12 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  5 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   19 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  4

"Otam SSSR milliy terma jamoasi safida AQSH safaridan qaytganida, otamni oilamiz bilan aeroportda kutib olgan edik. O'sha voqeani yaxshi eslayman" – afsonaviy Mixail Anning o'g'li Dmitriy An bilan intervyu Yangiliklar

"Otam SSSR milliy terma jamoasi safida AQSH safaridan qaytganida, otamni oilamiz bilan aeroportda kutib olgan edik. O'sha voqeani yaxshi eslayman" – afsonaviy Mixail Anning o'g'li Dmitriy An bilan intervyu

1979 yil 11 avgust – o'zbek futbolidagi eng katta yo'qotishlardan biri ro'y bergan kun.

Ushbu sanada "Paxtakor" jamoasi aviahalokat tufayli 17 o'g'lonidan ajralib qolgan. Kecha "Paxtakor" klubi va muxlislar erta tongdan "Paxtakor" stadioni va "Botkina" qabristonidagi yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi va ushbu fojiada halok bo'lganlarni xotirlashdi. Championat.asia sayti esa o'sha tarkibning eng yorqin futbolchilaridan biri Mixail Anning oilasi bilan bog'landi va uning o'g'lidan Dmitriy An bilan eksklyuziv intervyu uyushtirdi.


- 11 avgust kunini qanday o'tkazasiz? Ushbu sana oilangiz uchun qanday o'tadi?

- Har yili ushbu sanada "Botkina" gul ko'tarib boraman. Jamoani xotirlayman. Oilamiz bilan otamni yodga olamiz. "Paxtakor-79" jamoasini xotirlaydigan har bir insondan minnatdorman.

- Onangiz sizga otangiz haqida nimalarni aytib beradi?

- Otamni har doim yaxshi fazilatlar bilan eslashadi. Onamning aytishicha, otam juda mehribon, oilaparvar, masuliyatli va mehnatkash inson bo'lgan ekan.

- Otangiz haqida nimalarni eslaysiz? Bolalik davringizda otangiz bilan ro'y bergan eng esda qolarli voqeani aytib bersangiz...

- Otamni ikki voqea orqali eslab qolganman. Otam Evropa chempionatidan so'ng o'yga qaytayotgan edi, biz esa uni aeroportda kutib olishga chiqqan edik. O'sha turnirda otam chempion bo'lgan edi (21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan 1976 yilgi Evropa chempionati, Mixail An ushbu musobaqada SSSR yoshlar terma jamoasi sardori bo'lgan) va hamma xursand edi. Aeroportdagi o'sha voqeda hali hamon yodimda. Ikkinchisi voqea ham aeroport bilan bog'liq. Otam SSSR milliy terma jamoasi(asosiy) tarkibida AQSH safaridan qaytganida ro'y bergandi. O'sha hodisa ham xotiramga yaxshi muhrlangan.

- Otangizning yani "Paxtakor-79" jamoasining boshqa futbolchilarining oilalari bilan tanishmisiz, ular bilan aloqadamisiz?

- Ha. Sobirov Oleg(Vladimir Sobirovning o'g'li), Korchenov Aleksandr(Aleksandr Korchenovning o'g'li), Ashirov Oleg(Olim Ashirovning o'g'li), Makarova Elinalar(Vladimir Makarovning qizi) bilan aloqadaman. Orada uchrashib ham turamiz.

- "Paxtakor-79" siz uchun nima? Ushbu so'zni eshitganingizda birinchi navbatda xayolingizga keladigan fikr?

- O'zbek futbolining tarixi.

- "Paxtakor-79" mavzusidan biroz chetlashsak. "Paxtakor"da uzoq yillar davomida yoshlar bilan ishladingiz. Hozirgi kunda shogirdlaringiz milliy terma jamoa safida ham to'p tepishmoqda. Mavsum avvalida esa, "Navbahor" jamoasiga o'tdingiz. "Navbahor"da nimalar bilan bandsiz? Adashmasam, siz "lochinlar"ning o'rinbosarlar jamoasida faoliyat yuritayapsiz. Asosiy jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan shtabida ham ko'rinish berdingiz. Asosiy jamoa bilan ham ishlamoqdasizmi?

- Mavsum startida o'rinbosarlar jamoasida bosh murabbiy edim, hozir esa asosiy jamoaning murabbiylar shtabidaman.

- "Navbahor" jamoasining akademiyasi va yoshlar bilan ishlash holati qanday ekan? "Navbahor"ning o'rinbosarlar jamoasi o'tgan mavsum U21 chempionatida austayderlar qatorida edi. Sergey Lushchan ham matbuot anjumanlarining birida namanganlik yosh futbolchilarga ko'proq etibor berish kerakligi haqida takidlab o'tgandi. Yoshlar bilan ishlashda muammolar bor ekanligini tan olgan edi.

- Namangan viloyati iqtidorli futbolchilarga to'la. Namanganlik futbolchilar vatanimiz bayrog'ini yillar davomida baland ko'tarib kelishgan. Ushbu ananani davom ettirish bizning vazifamiz. Barcha kamchilik va muammolar ustida ishlashimiz va ularni bartaraf etishimiz kerak.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика