So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Otabek SHukurov: "Xoffenxaym" klubi ko'rigida bo'ldim" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "Xoffenxaym" klubi ko'rigida bo'ldim"

Avval xabar berib o'tganimizdek "Mashal" futbolchisi Otabek SHukurov Germaniya klubida ko'rikda edi.
Bugun erta bilan O'zbekistonga etib kelgan futbolchimiz bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Otabek avvalo Germaniya klubiga taklif haqida aytib o'tsangiz?

Bu taklif o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin bo'lgan edi. Ungacha boshqa klubardan ham aniq takliflar keldi. Biz klubimiz agenti bilan maslahatlashgan holda Germaniya klubi variantini ko'rdik. Avval ham yig'inlarga taklif etgan edi , biroq ayni vaqtda yoshlar tarkibi Myunxenda yig'in o'tkazdi va meni ham taklif etdi.

- Endi klub haqida ham qisqacha aytib o'tsangiz?


Men Germaniya bundesligasi vakili "Xoffenxaym" klubida bo'ldim. Ushbu jamoa ayni vaqtda yaxshi natijalar qayd etmoqda. Tarkib ham asosan yoshlardan iborat. Katta etibor yoshlarga qaratilgan. Turnir jadvalida esa to'qqizinchi pog'onada bormoqda. Men Germaniya klubini taklifi bilan u erga bordim.

- Mashg'ulotlar haqida nima deya olasiz?

Ortiqcha gap aytmas edim. Hammasi ajoyib. Hayot futbolga qaratilgan. Yoshlar tarkibi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Nazorat uchrashuvlari o'tkazdik. Bir necha bor maydonga tushdim.

- Murabbiylar siz haqingizda qanday fikrda?

Hozircha bilmadim. Hammasi ko'ngildagidek bo'lsa kerak. Men 28 aprel kuni qaytishim kerak edi ,lekin jamoa murabbiylari klubimizdan yana 1 hafta qolishni so'radi. SHaxsan meni o'yinlarimdan ko'nglim to'ldi.

- Yakuniy qaror qabul qilindimi?

Germaniyada 15 kunda yakuniy fikrga kelinmaydi. Mavsum yakunlangandan so'ng aniq fikrni aytadi. U erga yoshlar pul uchun emas,futbol uchun boradi. Murabbiylar yana qaytishimni aytishdi. Hozircha esa hujjatlar va yakuniy taklifni kutaman.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика