So’nggi yangiliklar

00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  0 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23

Otabek Narzullaev: “O'yindan bir kun avval jamoadoshlarimga ikkita gol uraman deb aytgandim” Yangiliklar

Otabek Narzullaev: “O'yindan bir kun avval jamoadoshlarimga ikkita gol uraman deb aytgandim”

PRO-Liganing 5-turida “SHo'rtan” safarda “Andijon”ni 2:0 hisobida mag'lub etib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

Mazkur uchrashuvda dublga erishgan Otabek Narzullaev o'yinning “Eng yaxshi futbolchisi” deya etirof etildi. SHu bois bahs yakuniga etgach, tajribali futbolchidan intervyu oldik.

- Albatta, safarda uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. O'tgan turda o'z maydonimizda “Orol” bilan durang o'ynaganimiz, bugungi g'alabadan keyin yuvilib ketdi deb hisoblayman. Kimlardir mag'lub bo'lishimizni istagandi. Andijondagi ijobiy natija ularning salomiga alik bo'ldi – deya gap boshladi Otabek Narzullaev.

- Bugungi uchrashuvda universal futbolchi sifatida xarakat qildim. Bilsangiz kerak, oldin asosan himoya chizig'ida o'ynaganman. Bosh murabbiyning ko'rsatmasiga binoan bugun oldingi chiziqdagi sheriklarimga yordam berdim. Aslida ham futbolchi har qanday xolatga tayyor turishi kerak. Qaysi poziciyada bo'lmasin, jamoaga foydam tegsa bundan albatta xursand bo'laman.

- Ochig'ini aytsam, bugungi uchrashuvda gol urishimni oldindan his qilgandim. CHunki bilasizmi Andijondagi stadion men uchun omadli. Bunday deyishimning boisi oldingi yillari ham bu erga qaysi jamoa bilan kelmay, gol urardim. SHuning uchun uchrashuvdan bir kun avval jamoadoshlarimga ertaga ikkita gol uraman deya aytgandim. Niyat xolis ekan, bugun mana ko'rdingiz dublga erishdim.

- “Andijon” ham juda kuchli jamoa. Bu erda tajribali futbolchilar yig'ilgan. Ularning ko'pini yaxshi bilaman. Ilgari birga o'ynaganmiz. Boymatov, Hamroev va Mamalaliev kabi futbolchilarga qanday o'ynash kerakligini yaxshi bilardik. Bu borada murabbiyimiz ham aytib o'tgandi.

- Bugun yigitlar maydonda borini berib, chin ko'ngildan oxirigacha o'ynadi. Safarda qo'lga kiritilgan g'alabada bosh murabbiyimizning xissasi katta degan bo'lardim. Negaki, raqibning o'yinlarini ko'rib, o'rganish jarayonida murabbiyning bergan ko'rsatmalarini bugun bekamu-ko'st bajardik. Yakunda esa uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Andijonlik muxlislarga ham rahmat aytaman. Ular bugungi uchrashuvda bizni ham olqishladi. Bunday muxlislar juda kam. “Andijon”ga kelgusi o'yinlarida omad tilayman – deydi Narzullaev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика