So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  28 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  88 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

Otabek G'ulomxo'jaev: "Hojimat Erkinov legioner bo'lishga tayyor edi" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Hojimat Erkinov legioner bo'lishga tayyor edi"

Yaqinda yurtimiz yashil maydonlari mezbonlik qilgan U-23 Osiyo Kubogida ajoyib o'yinlar ko'rsatgan Hojimat Erkinov legionerga aylanmoqda.

21 yoshli vinger faoliyatini Moskvaning "Torpedo" jamoasida davom ettiradi. Bu borada ekspert sifatida yoshlar murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Yigitlarni o'ziga ham aytdim. Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Parij Olimpiadasiga tayyorlanayotgan jamoa Osiyo Kubogi orqali katta tajriba orttirdi. Hojimat Erkinov, Husayn Norchaev, Jasur Jaloliddinovga prezidentimizning bergan etibori yaxshi bo'ldi. Qolgan futbolchilar ham shunga qarab intilishadi. Hojimatni ketishiga kelsak, ko'rinib turibdiki, darajasi O'zbekiston chempionati darajasidan o'sgan. U bilan ko'p muloqot qilaman. Pul ishlash bo'yicha unda zo'r takliflar bor edi. Ustozlari bilan maslahatlashib, pulni emas, trampolinni, futbolchi sifatida o'sadigan klubni tanladi. Muhimi, u erda o'yinini topib olib, 1-2 yilda ko'zga ko'rinadigan holatga kelishi kerak. Rossiya chempionati ajoyib tanlov.

O'ylaymanki, mentalitetga ko'nikib ketadi. Tabiatan og'ir-bosiqdek ko'rinadi. Birinchi murabbiyi Stanislav Kudryashov bo'lgan. Moslashishda, tilda muammo bo'lmaydi. Juda kirishimli bola. Ketishidan oldin prezident qo'lidan medal olish katta motivaciya beradi. Masuliyatni his qiladi. 

Xojimat individual kuchli futbolchi. Yo'q joydan o'yinni kuchaytiradi. Jamoaviy o'yin chiqmagan pallada individual harakatlari bilan natija keltira oladi. Uning uchun xursandman. Qaysidir manoda Hojimat legioner bo'lishga tayyor edi", – dedi mutaxassis.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика