So’nggi yangiliklar

00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  0 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

Osmonga uchgan pullar: 2018 yilning omadsiz transferlari Yangiliklar

Osmonga uchgan pullar: 2018 yilning omadsiz transferlari

Teglar :  Omadsiz transferlar
So'nggi yillarda transfer narxlari anchagina ko'payib ketdi.

SHu boisdan arzon futbolchilar ham bir necha barobar qimmatga sotilmoqda. Etiboringizga, 2018 yilning eng omadsiz transferlarini taqdim qilamiz.

7. CHaglar Syoyundjyu ("Frayburg"dan "Lester"ga), 21 mln evro.

Klod Pyuelning eng nozik joyi markaziy himoya ekanligi aniq edi. U shu boisdan "Frayburg"dan CHaglar Syunjuni transfer qildi. Ammo bu bilan muammolar hal etilmadi. 21 million evroga transfer qilingan futbolchi muammolarni ko'paytirdi va ko'plab mag'lubiyatlarga "o'z hissasi"ni qo'shdi.

22 yoshli turkiyalik futbolchi bu mavsumda 5 o'yinda qatnashdi va keyinchalik jamoaning yoshlar tarkibiga jo'natib yuborildi.

6. Mariano Dias ("Lion"dan "Real"ga), 21,5 mln evro

Krishtianu Ronalduning "vorisi" sifatida "Real"ga o'tgan futbolchi huddi jamoasi kabi o'zini ko'rsata olmayapti. Krishtianudan keyin 7-raqamda faoliyat olib borish hech kimga oson emas.

Dominikanlik futbolchi jamoasi tarkibida atigi 10 o'yinda qatnashdi va birgina gol kiritdi.

5. Xaver Pastore (PSJdan "Roma"ga), 25 mln evro

"Palermo" safida top-futbolchi bo'lgan Pastore o'zining ikkinchi vataniga yana qaytdi. PSJda Tomas Tuxelga kerak bo'lmagan futbolchi "Roma" tarkibiga o'tdi va bu erda ham omadsizlikdan qocha olmadi. Futbolchi jamoasi tarkibida atigi 10 o'yinda qatnashdi va 2 gol kiritdi.

Hozirda unga "Atalanta" va "Fiorentina" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

4. Aleksandr Golovin (CSKAdan "Monako"ga), 30 mln evro.

Uning omadsizligini ikki fikr bilan oqlasa bo'ladi: 1) u yangi jamoasiga jarohati bilan o'tdi 2) hozirda "Monako" juda yomon holatda. Albatta, transferlar har doim foyda uchun hizmat qilishi kerak. Ammo bunday pallalarda Golovindan ham yaxshiroq bo'lgan futbolchi "Monako"ga yordam bera olmasligi mumkin.

Golovin jamoasi tarkibida to'liq bo'lmagan 13 o'yinda qatnashdi va 2 golga assistentlik qildi.

3. Mattia Kaldara ("Yuventus"dan "Milan"ga), 35 mln evro.

Ushbu transfer ilk kunlardanoq katta muhokamalarga uchradi. Albatta, "Yuventus" Bonuchchini qaytarib olish uchun futbolchini "Milan"ga berdi va ustidan 35 million evro ishlab oldi. Ammo u kutilganidek, "Milan"da o'zini ko'rsata olmadi.

Haqiqatdan ham u iqtidorlidir. Biroq "Milan" uning xizmatlaridan foydalanish foizini "nol"ga tenglashtirsak bo'ladi.

2. Malkom ("Bordo"dan "Barselona"ga), 41 mln evro.

Yozda katta shov-shuvlarga aylangan transfer. Aslida "Roma"ga o'tishi kutilgan, hattoki Italiyaga uchib ketayotgandi. Biroq "Barselona" uni yo'ldan urdi va ko'proq maosh hamda transfer uchun "Bordo"ga ko'proq taklif qildi. SHu orqali Malkomning "tuvagi Ispaniyaga tushdi".

"Barselona" shunchaki 41 million evroni osmonga sovurib yubordi.

1. Fred ("SHaxtera"dan "Manchester Yunayted"ga), 59 mln evro.

Ukraina va Angliya chempionatlarining bir-biridan farqi katta, garchi ikkisida ham Premer-liga deb atalsa-da. Mourinoning qattiq talabi ostida transfer qilingan futbolchining xizmati MYUga to'g'ri kelmayapti. Mankunianliklar muxlislari, ekspertlar Fredning transferini xato deb hisoblashmoqda.

Mourinoning o'zi transfer qilgan bo'lsa-da, uni zaxiraga o'tkazib qo'ydi. Natijada 59 million evro katta xatoga aylandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика