Oskar Tabares: “Tan olaman, Franciya yaxshi o'ynadi”
06 iyu 2018 22:51
Yangiliklar
Oskar Tabares: “Tan olaman, Franciya yaxshi o'ynadi”
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCH-2018 chorak finalida Franciyaga qarshi bahsdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yaxshi o'yin ko'rsatmadik. Raqib bizdan yaxshiroq harakat qildi. Mag'lubiyatni tan olish kerak.
O'yinni o'zgartirish uchun harakat qildik. Ammo ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Zaxiradan tushgan futbolchilarimiz ham u qadar yordam bera olishmadi.
Jahon chempionati biz uchun yakunlandi. Amerika Kubogiga tayyorgarlik ko'ramiz. Rossiyadagi JCHda juda kup kuchli terma jamoalar muddatidan oldin mundial bilan xayrlashishdi.
Mag'lubiyat alamli va og'riqli bo'ldi. Ammo buni engib o'tishimiz lozim”, deydi Tabares.
Fikrlar