So’nggi yangiliklar

18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  7 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  1 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  4 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  4 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  11 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  14 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  21 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  6 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  4 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  6

"Osiyoda sovrin yutadigan payt keldi, Qatarda Katanecning salohiyatiga baho beramiz" - Mutaxassis fikri Yangiliklar

"Osiyoda sovrin yutadigan payt keldi, Qatarda Katanecning salohiyatiga baho beramiz" - Mutaxassis fikri

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblari, musobaqadan nima kutilayotgani haqida mutaxassislar fikr bildirishmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi safida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan sobiq futbolchi Baxtiyor Ashurmatov ham o'z munosabatini bildirdi. 

"O'ylaymanki, qura O'zbekiston uchun yaxshi tushdi. O'zbekiston va Avstraliya guruhdan chiqish uchun asosiy favorit. Ammo Suriya terma jamoasi ham yaxshi kuchga ega bo'lgan terma jamoa. Oxirgi yillarda o'sishga erishayotgan jamoa. Hindiston bilan ham oson bo'lmaydi. SHuni aytish kerak, hozirgi darajamiz Suriya va Hindistondan baland. 

Katanecda Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha vaqti bo'ldi. Oldinda yana fursat bor. O'yin uslubini, o'zi istagan narsani futbolchilarga singdira oldi. O'zbekiston bugungi kunga kelib yaxshi kuchga ega jamoaga aylandi. Osiyoda nimadir yutadigan, sovrin qo'lga kiritadigan payt keldi. CHunki necha yildan beri kattalar miqyosida hech narsa yutmayapmiz. Yoshlar, o'smirlar terma jamoamiz sovrinli o'rinlarni egallashyapti. Qatardagi Osiyo kubogi biz uchun burilish nuqtasi bo'lishi kerak. Katanecga etarlicha vaqt va sharoit yaratib berilgan. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman va muxlislar qatorida muxlislik qilaman. Osiyo kubogida O'zbekiston yuqori darajada o'yin ko'rsatib oldiga qo'ygan maqsadiga erisha oladi. CHunki xalq terma jamoaning katta o'yinlarini va yutuqlarini sog'inib qolgan. 

 Srechko Katanec himoyaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'yib oldi. SHomurodov klubida barqaror o'yin ko'rsatmayotgan bo'lsada, terma jamoamizda etakchi va alishtirib bo'lmas futbolchi. Markaziy himoyamizda ham kuchli futbolchilar jamlangan. SHu bois katta umid bog'laganmiz.

 Osiyo kubogi Jahon chempionati yo'lida qurbon qilinadigan turnir emas. O'zbekiston bor kuchini shu musobaqaga tashlashi shubhasiz. Boshqa tomondan, Katanecni qanday salohiyatga ega murabbiyligiga baho berib olamiz",- deydi Baxtiyor Ashurmatov. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика