So’nggi yangiliklar

09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  0 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  13 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4

Osiyo o'yinlari qoldirildi. Demak, bu yil Liga kubogidan voz kechish kerak Yangiliklar

Osiyo o'yinlari qoldirildi. Demak, bu yil Liga kubogidan voz kechish kerak

16 aprel kuni O'zPFL saytida "Liga kubogi musobaqasini qayta tiklashga qaror qilindi" nomli xabar chop etildi.

Taqvim loyihasiga ko'ra, Liga kubogining birinchi bosqichi 23-30 iyul kunlari, ikkinchi bosqichi esa 2-17 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi kerak edi.

Ammo 6 may kuni Osiyo Olimpiya kengashi ijroiya qo'mitasining Toshkentdagi yig'ilishida sentyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida o'tishi kerak bo'lgan Osiyo o'yinlari keyingi yilga qoldirilgani elon qilindi.

"Sentyabr oyida Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari qoldirildi. Umuman olganda bizning bunga ishonchimiz komil edi. Endi taqvim masalasida yana biroz bosh qotirish kerak bo'ladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Agar Liga kubogi musobaqasidan voz kechiladigan bo'lsa, bu muddatga Superliganing kamida uchta turini sig'dirsa bo'ladi. SHunday bo'lgan taqdirda Superligamiz noyabr oyi oxirida emas yarmida tugaydi.

Liga kubogi musobaqasidan faqat bu yil voz kechish kerak deb hisoblayman, keyingi yillarda esa puxta reja bilan, qo'shni davlat klublarining rejalarini oldindan bilgan holda, aniq taqvim bilan o'tkazilishi tarafdoriman. Faqat musobaqa haqida yil boshida elon berish kerak. SHunda klublarimiz boshlanayotgan yil uchun smetada Liga kubogi xarajatlarini ham kiritib qo'yishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика