So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Futzal. Osiyo kubogining ilk bahsida qiyin, biroq muhim g'alabani qo'lga kiritdik Yangiliklar

Futzal. Osiyo kubogining ilk bahsida qiyin, biroq muhim g'alabani qo'lga kiritdik

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi "B" guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston - Avstraliya o'yini yakunlandi.

"Bangkok Arena", 14:00

O'zbekiston — Avstraliya 3:2
Gollar: 5 - Ueyd Jiovenali, 21 - Akbar Usmonov, 21 - Dilshod Rahmatov, 36 - Dilshod Rahmatov, 38 - Tayler Garner

O'zbekiston: 12. Abbos Elmurodov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhomjon Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek To'lqinov.

Zaxira: Anvarov, Botirov, Adilov, Jo'raev, Rahmatov (s), Usmonov, Axmetzyanov, Hudoyberdiev, Berkinov.

Avstraliya: 1. Domenik Badolato. 5. Djordan Gerreyro, 6. Ueyd Djovenali, 8. Daniel Fornito, 10. SHervin Keshavarc Adeli.

Zaxira: 2. Tayler Garner, 3. Adam Styuart Kuper, 4. Dominik Koks, 7. Skott Rogan, 9. Grant Linch, 11. Itan de Melo, 12. Aaron, 13. Maykl Kouta, 14. Djeymi Dib


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

39. Raqib hisobni tenglashtirishi mumkin edi, Fornitoning zarbasi noaniq ketdi

38. Gol. Qarshi hujumga o'tib ketgan raqiblarimiz hisobni qisqartirishdi. Tayler Garner o'z hisobiga gol yozib qo'ydi

37. Raqib tavakkalga qo'l urmoqda. Ular o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilmoqda

36. Abbos to'pni qaytardi va bo'sh darvozaga to'pni joylab qo'yishi mumkin edi, biroq zarbaga ozgina aniqlik etishmadi

36. GOOOOOOOOOL. Rahmatovdan dubl. To'lqinovdan ajoyib uzatma

35. Sunnat Jo'raevning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

35. Ogohlantirish: Ueyd Djovenali ogohlantirildi

34. Abbos yana bir bor zarba berib ko'rdi, biroq bu safar noaniq

33. Skott Roganning zarbasini darvozabonimiz qiyinchilik bilan qaytardi. Ustunlik raqib tomonga o'tib ketmoqda

32. Daniel Fornitoning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabonimiz qaytarmoqda

31. Sunnat Jo'raev bitta raqibdan o'tdi va kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq

30. Abror Axmetzyanovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

30. Dominik Koksning zarbasini Elmurodov ushlab oldi

30. Hakam VARga murojaat qildi, bizga penalti qo'yilishi mumkin. Barchasi joyida hakam hech qanday penalti yo'q deb hisobladi

30. To'lqinov Nishonovga to'pni uzatdi, biroq Husniddinning zarbasiga aniqlik etishmadi

29. Elbek To'lqinov ajoyib harakat qildi va to'pni egallab oldi, Biroq darvozabon bilan birga chiqqan hujumchimizning zarbasiga aniqlik etishmadi

28.Skott Roganning zarbasi himoyachimizga tegmoqda

27. Abbos Elmurodovdan navbatdagi xavfli zarba, yana darvozabon. Bugun raqib darvozabonlari ajoyib harakat qilishmoqda

25. Ixtiyorning zarbasini yana darvozabon qaytarmoqda

24. Husniddin Nishonovdan ikkita daxshatli zarba, raqib posbonidan super seyvlar

24. Ropievning zarbasi to'cinga tegmoqda

24. Darvozabonimizning zarbasi himoyachiga tegmoqda. Bizda navbatdagi burchak zarbasi

23. Elbek To'lqinovning zarbasi osmonlar uchib ketdi

23. SHervin Keshavarc bugun himoyachilarimizni ancha qiynab qo'ymoqda. Uning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

22. Ikkinchi bo'limni super boshladik. Nishonovning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

21. GOOOOOOOOOOL. Rahmatovdan gol. Sardorimizdan ajoyib harakat va gol



21. GOOOOOOOOOOL. Jamoamiz hisobni tenglashtirdi. Jo'raevning uzatmidan so'ng Usmonov hisobni tenglashitirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 0:1

19. Odilovda yaxshi imkoniyat bor edi, biroq yana noaniq

19. Birinchi bo'limning yakuniga 1 daqiqa qoldi, biz hozircha mag'lub bo'lmoqdamiz 

17. Hamroevning ajoyib uzatmasidan so'ng Elbek hisobni ochishi mumkin edi, biroq yana noaniq

17. Maykl Kouta darvozabon bilan birga bir chiqdi, baxtimizga to'p noaniq ketmoqda

16. Abbosning zarbasini darvozabon qaytarmoqda

15. Dilshod Rahmatovning aniq yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

15. Adam Styuart Kuperning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

14. SHervin Keshavarc Adelining kuchli zarbasini Abbos qaytarmoqda

14. Jo'raevning zarbasi yana himoyachiga tegmoqda

13. Jo'raevning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Ushbu vaziyatdan so'ng bosh murabbiyimiz birinchi bo'lim uchun ajratilgan tanaffusdan foydanamoqda

12. Nishonov va Ropiev tandemi ajoyib harakat qilmoqda, biroq hozircha gol yo'q

11. Nishonov hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq hozircha Avstraliya himoyasi ajoyib harakat qildi

9. Yana Ropiev. Futzalchimizning to'pni to'xtatmasdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi

8. Daniel Fornitoning uzoqdan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqilik etishmadi

7. Hozircha raqib goldan so'ng ancha yaxshi harakat qilmoqda. Bizga gol kerak

6. Ropievning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarmoqda

5. Gol. Ueyd Jiovenali hisobni ochmoqda.  



UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика