So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15

Osiyo Kubogi ishtirokchilaridan kim tez orada Evropaga yo'l olishi mumkin? Yangiliklar

Osiyo Kubogi ishtirokchilaridan kim tez orada Evropaga yo'l olishi mumkin?

Teglar :  Osiyo Kubogi–2019
Osiyo Kubogi hal qiluvchi pallasiga kirib ulgurdi, skautlar ham musobaqada qatnashayotgan iqtidorlarni etibor bilan kuzatishmoqda.

Iroqlik Ali Adnan ushbu turnir Evropaga yo'l olish uchun yo'llanma berishi mumkinligining tirik misoli bo'lib xizmat qiladi. SHunday ekan bu safar turnir ishtirokchilaridan kimlar skautlar etiborini o'ziga qarata olgani va tez orada Evropaga ravona bo'lishi mumkinligi haqida to'xtalib o'tsak. 

Ali Almoez  (Qatar)

Osiyo Kubogining eng yaxshi to'purari bo'lib turgan — Ali Sudanda tavallud topgan. Evropa futboli sirlaridan Belgiyada bevosita xabardor bo'lgan va kattalar darajasida Avstriya jamoasida ham to'p tepgan. Ispaniyaga bo'lgan qisqa safaridan so'ng, Ali yana Qatarga qaytgan. Almoez "Al-Duxail" tarkibida o'ynab, milliy chempionatda g'alaba qozongan.

Belgiya tajribasi shunchaki yo'q bo'lib ketmadi va Ali vaziyatni yaxshi his qilib, muhim pallalarda raqibdan ildamroq harakat qilib o'z maqsadiga erishadi. Almoez gollarning asosiy qismini "operejenie"da yaxshi harakat qilishi va raqiblaridan qochib keta olishi tufayli urdi. Buni ayniqsa SHimoliy Koreya termasi vakillari yaxshi tushunib etishdi. Almoez ushbu o'yinning 51 daqiqasida "poker"ni rasmiylashtirib ulgurgandi. 22 yoshli hujumchi 2022 yilgi mundialda Qatar tarkibida ishonchli o'yin ko'rsata olsa ajablanmang. O'z ustida ko'proq ishlab, o'yinini yanada o'stirishi uchun unga Evropa havosi zarar qilmasdi.

Alirizo Beyranvand (Eron)

Dunyoda maqtashga arzigulik golkiperlar juda kam. Iqtidorli kiperlardan biri Eron termasi darvozasini qo'riqlaydi. U Jahon CHempionatida 2ta to'p o'tkazib yuborgandi. Vaholanki Osiyo vakili guruhda Ispaniya va Portugaliya kabi nafaqat Evropa, balki jahon futbolida o'z o'rniga ega termalar bilan kuch sinashgandi. Alirizo jamoasini bir necha marotaba mag'lubiyatdan qutqarib qolgan. SHuningdek, u Osiyo Kubogida ham sifatli o'yin namoyish etmoqda. Bu yilgi turnirda Eron termasi bitta ham to'p o'tkazib yubormagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Bunda albatta, jamoa posbonining hissasi katta ekanligi tushunarli hol.

26 yoshli Beyranvand Eron chempionati vaqtida o'z ustida ishlab, ancha o'sdi. Unga boshqa klublardan etarlicha taklif bo'ladi. U Evropa chempionatlari top-7 jamoalaridan birida o'ynashiga istedodi va kuchi etadi, desak adashmaymiz. Jaa, Ignatiy Nesterovchalik emasku, lekin eronlik ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda.

Kim Min Je (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreyaning jismonan baquvvat markaziy himoyachisi avvalroq yani, Jahon CHempionati uchrashuvlarida o'zini ko'rsatishi mumkkin edi. Biroq jarohat olib, Rossiyaga bora olmagan edi. Buni hisobga olmaganda, o'tgan yil Kim uchun juda omadli keldi. Koreyalik himoyachi Osiyo o'yinlarida g'olib bo'ldi va ramziy termadan joy oldi.

Himoyachi turnirni boshlang'ich tarkibda boshlagan bo'lsa-da, hozirda hisobida 2ta gol bor va u termaning eng yaxshi to'purarlaridan biri. Qizig'i shundaki, Janubiy Koreya yarim himoyachi va hujumchilarining asosiy qismi Evropada o'ynaydi. Demak, himoya chizig'i butunlay Osiyo qitasi vakillaridan iborat. Agar Min Je shu yo'sinda davom etib, ichki chempionatda ham, xalqaro arenada ham yuqori darajada o'ynasa, tez orada Evropa klublaridan biriga o'tib ketish ehtimoli katta.

Javohir Sidiqov (O'zbekiston)

Javohir hozirda "Qo'qon 1912" tarkibida o'ynaydi. U o'tgan yil yanvarda yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati g'olibi bo'lgandi. Sidiqov bu yilgi Osiyo Kubogida ham sifatli o'yin ko'rsata oldi. U 1ta gol urganiga qaramay, raqib davrozasiga bir necha bor keskin hujumlar uyushtirib, ularga kuchli bosim o'tkazdi va sheriklari uchun qulay vaziyatlar yarata oldi.

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi skautlar etiboriga bir yil avval tushgandi. Bu turnirdagi o'yinlari bilan esa ularning ishonchini oqlay olishini yana bir bor isbotladi. Sidiqov "Qo'kon 1912"ni tez orada tark etishiga shubha yo'q. Ularning SHomurodov bilan duetini yana, ammo endi "Rostov"da kuzatish qiziq bo'lardi.

Tamirlan Kozubaev  (Qirg'iziston)

Bu yilgi Osiyo CHempionatida Qirg'iziston termasi ko'pchilikni hayron qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa kutilmaganda 1/8 finalgacha chiqa oldi. Biroq BAA termasiga qarshi bahsning qo'shimcha vaqtida raqibiga g'alabani boy berdi. Qirg'iziston termasida Germaniyaning "Ulm" klubida faoliyat yuritadigan Vitaliy Lyuks yaxshi o'yin ko'rsata oldi. Biroq termaning boshqa futbolchilari ham etiborga tushishga ulgurdi.

Jumladan, "Dordoy" sharafini himoya qiladigan gavdali o'yinchi Tamirlan Kozubaev yana bir bor Evropaga ketish imkoniga ega bo'lishi mumkin. Avvalroq, u Litva va Serbiyada o'ynagan. Lekin har safar jonajon yurtiga qaytib kelgan. Balki hozir uchinchi imkoniyatdan foydalanishning ayni vaqtidir?!


Muallif: Sergey Rumyancev

Tarjima: Nozima Zaripova

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика