So’nggi yangiliklar

00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  0 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

Osiyo Kubogi: Guruh bosqichi yakunlari va ramziy terma jamoa Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Guruh bosqichi yakunlari va ramziy terma jamoa

Osiyo Kubogining guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlandi.

Yangicha formatda o'tkazilgan musobaqada 6 guruh va undagi 1,2-o'rin sohiblari nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Guruhlardagi eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan to'rtta 3-o'rin egalari ham nimchorak finalda o'ynash huquqini qo'lga kiritishdi.

"A" guruhi: 1-o'rin:BAA, 2-o'rin: Tailand, 3-o'rin: Bahrayn
"B" guruhi: 1-o'rin:Iordaniya, 2-o'rin: Avstraliya
"C" guruhi: 1-o'rin:Janubiy Koreya, 2-o'rin: Xitoy, 3-o'rin: Qirg'iziston
"D" guruhi: 1-o'rin:Eron, 2-o'rin: Iroq, 3-o'rin: Vetnam
"E" guruhi: 1-o'rin: Qatar, 2-o'rin: Saudiya Arabistoni
"F" guruhi: 1-o'rin: Yaponiya, 2-o'rin: O'zbekiston, 3-o'rin: Ummon



"B" guruhida uchinchi bo'lgan Falastin terma jamoasi 2 ochko bilan to'rtta yo'llanmadan biriga ega chiqolmadi. SHuningdek, "E" guruhida oxirgi turda KXDRni mag'lub etishni uddalagan Livanga esa sariq kartochkalari soni oshib ketgani pand berdi. CHunki Vetnam va Livan terma jamoalari to'plari nisbati bo'yicha bir xil ko'rsatkich qayd etishdi. Reglament bo'yicha esa bu vaziyatda eng kam ogohlantirish olgan jamoa nimchorak final yo'llanmasini ilib ketdi.

Reglament ko'ra, dastlabki to'rtta guruh peshqadamlari eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblariga qarshi duch kelishdi. Qolgan guruh g'oliblariga esa boshqa guruhda ikkinchi bo'lgan raqiblar tushdi. Uchinchi o'rin sohiblari kim bilan tushishi tartibi esa bitta guruhdan chiqqan jamoalar pley-off bosqichida kamida yarim finalga qadar o'zaro to'qnash kelmasligi inobatga olindi. Masalan guruh g'olibi va ikkinchi o'rin sohibi finalga qadar bo'lgan yo'lda o'zaro o'ynamasligi hamda birinchi va uchinchi o'rin egalari kamida yarim finalgacha uchrashmasligi ko'zda tutildi.


Malumot o'rnida:

Guruh bosqichida umuman gol o'tkazmagan jamoalar: Iordaniya, Eron, Janubiy Koreya va Qatar.
Eng ko'p gol urgan jamoa: Qatar (10)
Eng ko'p gol urgan futbolchi: Al Moez Ali (7)
Eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabon: Amir SHafi (15)
Guruhdagi barcha o'yinda g'alaba qozongan jamoalar: Yaponiya, Qatar va Janubiy Koreya
Umuman ochko olmagan jamoalar: Yaman, KXDR, Filippin, Turkmaniston
O'tkazilgan o'yinlar: 36
Urilgan gollar: 96 (o'rtacha: 2,67)
Muxlislar tashrifi: 370,287 (o'rtacha: 10,286)


Osiyo Kubogi-2019 guruh bosqichi ramziy terma jamoasi (3-4-3):
Darvozabon: Amir SHafi (Iordaniya)
Himoyachilar: Abdulkarim Hassan (Qatar), Kim Min Jae (Janubiy Koreya), Toriq Hattob (Iordaniya)
Yarim himoyachilar: Aver Mabil (Avstraliya), Salim Al Davsari (Saudiya Arabistoni), Xaraguchi (Yaponiya), Yasin Baxit (Iordaniya)
Hujumchilar: Eldor SHomurodov (O'zbekiston), Sardar Azmun (Eron), Al Moez Ali (Qatar)

Reyting: +85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика