So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  3 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Osiyo Kubogi-2015dagi O'zbekiston ishtirokidagi o'yinga kirish – 5 dollar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015dagi O'zbekiston ishtirokidagi o'yinga kirish – 5 dollar

Osiyo Kubogi-2015 final bosqich o'yinlariga kirish uchun chiptalar narxi elon qilindi.
Bizni ko'proq “V” guruhida qatnashadigan O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarga kirish chiptalarining bahosi qiziqtiradi.

OFK rasmiy saytida berilgan malumotga ko'ra, terma jamoamizning guruhdagi barcha 3 ta o'yini uchun chiqariladigan chiptalar narxi 5 AQSH dollaridan 30 dollargacha bo'ladi. Yani eng arzon chiptani 5 dollarga harid qilish mumkin. “S” va “D” guruhidagi o'yinlarga kirish chiptasi ham aynan shuncha summa miqdorida belgilangan.  

“A” guruhidagi o'yinlarga kirish huquqini beruvchi chiptalar bahosi esa eng qimmati bo'lib turibdi. Tabiiyki, bu guruhda mezbon – Avstraliya terma jamoasi joy olgan. Yashil qita terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar chiptasi 34.50 dan 149 dollargacha qilib belgilangan.  

CHorak final o'yinlari chiptalari – 14.50 dan 69 dollargacha, yarim final uchrashuvlari – 24.50 dan 99 dollargacha baholandi. Yarim finalning ikkita o'yini chiptasiga ikki hil narx qo'yildi. 26 yanvar kuni Australia Stadium da o'tadigan o'yinning chiptasi – 24.50 dan 99 dollar, 27 yanvarda Newcastle Stadium dagi uchrashuv chiptasi esa 14.50 dan  69 dollargacha etib belgilandi.

Aynan shuncha summaga bronza medali uchun kechadigan o'yinga ham chipta harid qilib, kirish mumkin. Osiyo Kubogi-2015 g'olibini aniqlab beradigan o'yinga kirmoqchi bo'lsangiz, eng arzon chipta uchun 39.50, eng qimmati uchun esa 149 dollardan voz kechishingizga to'g'ri keladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика