So’nggi yangiliklar

10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  0 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   0 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  5 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  5 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  32 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  1 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  11 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  3

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

Osiyo futboliga oid malumotlarni savol-javob shaklida etiboringizga havola qilamiz.

Savol: "Al Hilol" 2019 yil Osiyo chempionlar ligasida zafar quchganida jamoa bosh murabbiyi kim edi?

Javob: Rezvan Luchesku. Ruminiyalik murabbiy "Al Hilol"ni o'tgan mavsumning yarmida qabul qilib oldi. Ungacha esa Greciyaning PAOK klubini boshqarib kelayotgan va chempionlik bilan Kubokni qo'lga kiritgandi. Lucheskuga OCHLda zafar quchishi uchun 6 oy etarli bo'ldi. 


Savol: "Al Ahed" bilan o'tgan yil OFK Kubogida zafar quchgan murabbiy kim? 

Javob: Bassem Marmar. Ushbu mutaxassis Livan terma jamoasida bir necha yillar o'ynagan. U Beyrut klubini boshqarib katta muvaffaqiyatga erishdi. OFK Kubogini yutishdan tashqari uch bor mamlakat chempioni bo'ldi.


Savol: Osiyo Kubogi-2019da chempionlikni nishonlagan murabbiyni bilasizmi? 

Javob: Qatar milliy terma jamoasi ustozi Feliks Sanches. 2017 yilning yarmida mamlakat bosh jamoasini qabul qilib olgan ispaniyalik murabbiy bir yarim yil ichida katta muvaffaqiyatga erishdi. Bilasiz, Osiyo Kubogi finalida Qatar Yaponiyani 3:1 hisobida mag'lub etdi.


Savol: Ham OCHL, ham ECHL g'olibligini qo'lga kiritgan murabbiy kim?

Javob: Marchello Lippi. Italiyalik mutaxassis 1995/96 yilgi mavsumda "Yuventus" bilan ECHLda, 2013 yil "Guangju Evergrand" bilan OCHLda zafar quchgan.


Savol: Osiyo Kubogida ikki bor chempion bo'lgan murabbiy kim?

Javob: Karlos Alberto Parreyra. Braziliyalik murabbiy ilk bor 1980 yil Quvayt terma jamoasi bilan qita birinchiligida zafar quchgandi. Oradan 8 yil o'tib navbatdagi musobaqada u Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi sifatida oltin medallarga ega chiqqan.


Savol: "Al Hilol", "Al Sadd", "Al Ayn", "Al Ahli", Saudiya Arabistoni MTJ, "Jiangsu" - bu qaysi murabbiyning ish faoliyati marshruti?

Javob: Kosmin Olariu. Ruminiyalik taniqli murabbiy G'arbiy Osiyodagi faoliyati mobaynida to'rtta klub bilan sovringa ega chiqqan. Hozirda Xitoy klubini boshqaryapti.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика