So’nggi yangiliklar

07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  0 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4

O'sishni istaysizmi, unda keting yoxud "Real"dan ketishi kerak bo'lgan 5 futbolchi Yangiliklar

O'sishni istaysizmi, unda keting yoxud "Real"dan ketishi kerak bo'lgan 5 futbolchi

Teglar :  Real
2017/18 yilgi mavsum o'zining eng qizg'in pallalariga etib bormoqda.


Tez orada Evropaning kuchli beshlik ligalarida g'oliblar va omadsiz jamoalarning nomlari malum bo'ladiO'tgan mavsumda Zinedin Zidan jamoasi dubl qayd etdi (ECHL va LaLiga g'olibligi). Omadli mavsumdan keyin Florentino Peres futbolchilar Alvaro Morata, Xames Rodriges va Pepeni boshqa jamoaga qo'yib yubordi. Biroq ularning o'rniga transfer qilingan futbolchilar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olmadilar.

Yil boshi juda yaxshi boshlangandi. "Real" UEFA Superkubogida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgandi. SHuningdek, Ispaniya Superkubogida "Barselona"ga imkoniyat qoldirilmagandi. Undan tashqari, klublar o'rtasidagi JCH g'olibligiga ham erishildi.

Albatta, bu sovrinlarni qo'lga kiritish - alo darajadagi ish, biroq jamoa hozirda LaLigada juda yomon holatda. "Qaymoqranglilar" hujumni kuchaytirish uchun Neymar, Robert Levandovski, Eden Azar kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni xohlamshoqda.

Biroq ularning kelishi uchun ayrim futbolchilar "Real"ni tark etishi kerak. Biz hozir "Real"dan ketishi kerak bo'lgan futbolchilarga diqqatimizni qaratamiz.

Kiko Kasilya, 31 yosh

Sir emas, "Real" ancha vaqtdan buyon yangi darvozabon transfer qilish harakatida bo'lib turibdi. "Blankos"ning asosiy maqsadi - David De Xea ("Manchester Yunayted") va Tibo Kurtua ("CHelsi"). Agarda "Real" biror darvozabonni transfer qilgan taqdirda Kiko Kasilyaga "Santyagu Bernabeu"da boshqa imkoniyat berilmaydi. Undan tashqari u asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Uning jamoadagi kelgusi taqdiri yaqin vaqtlarda ayon bo'ladi.

Dani Sebalos, 21 yosh

O'tgan yozda Sebalos barcha top-klublarning diqqatini tortdi. Ispaniyalik yarim himoyachi "Betis"dan "Real"ga o'tdi. Biroq Zinedin Zidan uning qobiliyatiga ishonch bildirmadi. Sebalosning boshqa jamoaga ijaraga berib yuborilishi ehtimoli juda katta. Yanvar oyida u jamoadan ketishni rahbariyat aytgandi, biroq uni qo'yib yuborishmadi.

Ashraf Hakimi, 19 yosh

Dani Karvaxalning sog'lig'i tufayli Ashraf o'zi kutgandan ko'ra ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Biroq u bilan raqobatga kirishish juda qiyin. Marokashlik futbolchini "Santyago Bernabeu"da juda sevishadi, biroq u o'sishi kerak. Zaxirada o'tirib, o'z o'yiniga kuch bera olishi juda qiyin. Oldinroq "Real" Karvaxalning o'rniga futbolchi qidirayotgani haqida gaplar berilgandi. Biroq gap "Arsenal" futbolchisi Ektor Belerin haqida ketgandi. Hakimi esa rivojlanishni istasa, boshqa klubda o'ynashi kerak.

Markos Lorente, 23 yosh

Yarim himoyachi o'z vaqtida "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan otasi va amakisining izidan yurdi. Biroq u jamoaning zaxira futbolchisiga aylandi. Kroos–Modrich–Kazemiro uchligidan birini zaxiraga o'tqazib, asosiy futbolchiga aylanish juda qiyin. U ham jamoadan ketishi kerak va boshqa bir klubda bemalol asosiy futbolchigabo'lish kerak.

Borxa Mayoral, 21 yosh

Yosh hujumchini "Real" ikki sabab bilan o'zida ushlab turibdi. Birinchisi - Alvaro Morataning "CHelsi"ga ketgani va ikkinchisi Mariano Diasning "Lion" futbolchisiga aylanganidir. Mayoral esa imkoniyatlardan foydalana olmayapti, xuddi Karim Benzema kabi. Mayoral bu mavsumda 5 gol kiritdi. "Real" katta ehtimol bilan boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolaydi. Borxa ham jamoasini o'zgartirsa bo'ladi, chunki u ham juda yosh va rivojlanishi kerak.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика