Osimxen Angliya Premer-ligasida o'ynashni orzu qiladi
17 mar 2023 01:17
Yangiliklar
Osimxen Angliya Premer-ligasida o'ynashni orzu qiladi
“Napoli” etakchilaridan biri Viktor Osimxen faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Premer-ligada o'ynash nigeriyalik hujumchining eng katta orzusi hisoblanadi. Xabarlarga ko'ra, hujumchiga "Manchester Yunayted" va "CHelsi" qiziqish bildirmoqda. Osimxen "Bavariya"ga ham o'tishga tayyor, ammo nemis gigantining moliyaviy rejalari tufayli bu transferning amalga oshish imkoniyati pastroq.
Eslatib o'tamiz, Viktor "Napoli"da 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Joriy mavsum u barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda 23 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar