So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  2 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  49 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

O'sha gap! O'zbekiston tengdir O'zbekistonga, yoxud Nasafning bugungi o'yini haqida Yangiliklar

O'sha gap! O'zbekiston tengdir O'zbekistonga, yoxud Nasafning bugungi o'yini haqida

Xabaringiz bor bugun 23:00 da Nasaf OCHL nimchorak final bosqichi doirasida mehmonda Saudiya Arabistonining “Al SHabab” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 Xo'sh, Berdiev jamoasini muhtasham “Al Janub” stadionida nimalar kutmoqda? Pastda shu haqda.

 O'zbekiston tengdir O'zbekistonga.


Ayni paytda Saudiya ligasi qitamizning birinchi raqamli milliy chempionati hisoblanadi. 2030 yilgi mundial mezbonligini qo'lga kiritishga jiddiy kirishgan arablar milliy chempionatlarini ham sezilarli darajada o'stirishdi. Ronalduning “Al Nassrga o'tishi bunga yorqin dalil. Amaldagi Osiyo chempioni “Al Hilol”ning klublar o'rtasidagi JCHdagi ishtiroki Saudiya jamoalarining bugungi holatini baholashga imkon beradi. Bilasiz, “Al Hilol” finalda “Real Madrid”ga 3-5 hisobida mag'lub bo'ldi. «Nasaf»ning bugungi raqibi Saudiya chempionati turnir jadvalida peshqadam “Al Nassr” va ikkinchi o'rinda borayotgan “Al Ittihod” bilan bir xil 40 ochkodan to'plab gollar nisbatiga ko'ra 3-pog'onada bormoqda. O'zbekiston tengdir O'zbekistonga. O'sha mashhur iborani futbolga qanday aloqasi bor dersiz? Aloqasi bor albatta. Superligamizning ayni darajasi Saudiya ligasi bilan qay darajada raqobatlasha oladi? Savol shu joyda javobini topadi «Superligamiz» tengdir superligamizga. SHunday, «Nasaf» bugun o'zidan 4 barobar qimmat shu bilan birga saviyali jamoaga qarshi o'ynaydi.

Raqibning ojiz nuqtalari.


CHiziqlarda balansning yo'qligi aksar arab jamoalari uchun odatiy hol. “Al SHabab” ham bundan mustasno emas. Asosiy legionerlar yarim himoya va hujum chizig'ida harakatlanadi. Himoya qo'rg'oni esa mahalliy futbolchilardan tuzilgan. SHuning uchun ham jamoa so'nggi 5 ta o'yinda 5 bor gol o'tkazib yuborgan. Koreyalik posbon Sin Gyu Kim ham ayni paytda yaxshi formada emas. SHuning uchun bugungi o'yinda Berdiev shogirdlari asosiy vaqtlarini raqib tomonda o'tkazsalar ijobiy natijaga umid qilsa bo'ladi.

Taxminiy o'yin kartinasi.


Jamoaviy o'yin, aynan shu faktor yurtdoshlarimiz foydasiga ishlash ehtimoli yuqori. O'yin Qatarda tashkillashtirilayotganligini etiborga olsak «SHabab» mezbon jamoadek harakat qiladi. Bugun «Nasaf» himoya qo'rg'oni o'ng qanoti katta bosim ostida qoladi. Raqib chap qanoti vakillari Ever Banega va Karlos Junior tandemi oldingi o'yinlarda ajoyib harakat qilgan, ustiga ustak polshalik tajribali va universal futbolchi Gjegoj Krixovyak ham ularga sherik bo'lishi kutilmoqda. So'nggi yillarda qarshiliklarning o'ng qanot himoyasida doimiy tarzda harakatlanib kelgan Dilshod Saitovning yo'qligi jamoa zarariga ishlamasa bo'lgani. Bahs «Nasaf»ning yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yini bo'lganligi uchun jamoa bugun qanday harakatlanishini taxmin qilish qiyin. Yangi  qo'shilganlar Javohir Siddiqov va SHuhrat Muhammadiev o'yin sxemasiga singib ketishsa, qarshiliklardan siz va biz tanigan hujumkor va to'p nazoratiga asoslangan o'yin uslubini ko'rsak kerak.

O'yin bizning vaqt bilan 23:00 da start oladi.

 

Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика