So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

O'sha gap, "Lokomotiv" - tramplin! Yangiliklar

O'sha gap, "Lokomotiv" - tramplin!

"Lokomotiv"ning yana bir futbolchisi legionerga aylandi.

Ko'p yillar "temiryo'lchilar" uchun to'p tepib O'zbekiston chempioni, O'zbekiston Kubogi hamda Superkubogi sohibiga aylangan Sardor Mirzaev Tailandning eng kuchli klublaridan biri "Muangton Yunayted" bilan shartnoma imzoladi. 

Xabaringiz bor, bungacha tajribali himoyachi Islom To'xtaxo'jaev Xitoyning "SHenyang Urban" jamoasi safiga ko'chib o'tgandi. Oradan ko'p o'tmay mohir yarim himoyachi Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyaning "Seongnam" klubi bilan shartnoma tuzdi. 

Yaqinda esa yosh iqtidorli futbolchi Oston O'runov "Lokomotiv"dagi faoliyatidan keyin Rossiyaning "Ufa" klubi bilan kelishuvga erishdi. Mana endi yana bir hujumkor yarim himoyachimiz Sardor Mirzaev ham legionerga aylandi va faoliyatini Tailand chempionatida davom ettiradi. Bundan tashqari, o'tgan mavsum malum muddat jamoaga ustozlik qilgan Samvel Babayan Xitoyning "CHanchun Yatay" klubiga bosh murabbiy bo'lganini muxlislar yaxshi biladi. 

Bundan ko'rinib turibdiki, "Lokomotiv" chin manoda murabbiy va futbolchilar uchun tramplin. Klub har yil o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yish bilan birga chetga futbolchi transfer qilishni ham kanda qilmayapti. 

Yaxshi bilasiz, o'z paytida aynan "Lokomotiv"dagi faoliyati sabab Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Sanjar SHoahmedov Qatarning "Al Sayliya", Ikrom Aliboev Janubiy Koreyaning "Seul FK", Ignatiy Nesterov Saudiya Arabistonining "Ohod" hamda Sardor Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubi azosiga aylangandi. 

Jamoamizni bu mavsum ham asosiy o'yinchilar tark etgan bo'lishiga qaramay, klub o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishda davom etadi. 

SHu o'rinda legionerga aylangan barcha futbolchilarga "Lokomotiv"dagi sermazmun faoliyat uchun tashakkur bildirib, kelajakdagi ishlariga omad tilab qolamiz. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati. 


19.12.2019 chiqqan maqola - "Lokomotiv" - tramplin!        


Reyting: -30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика