O'runov Rossiya Superkubogida ishtirok etmaydi
08 iyu 2022 20:28
Yangiliklar
O'runov Rossiya Superkubogida ishtirok etmaydi
"Spartak" yarim himoyachilari Kristofer Martins, Viktor Mozes va Oston O'runov Rossiya Superkubogi doirasida "Zenit"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda "qizil-oqlar" bosh murabbiyi Gilermo Abaskal matbuot anjumanida malum qildi.
- Superkubok bahsiga kimlar tayyor emas?
- Martins, Mozes va O'runov.
- Ular qachon tayyor bo'lishadi?
- Bu savolga javob bera olmayman. Ayni damda bor etiborimni qo'l ostimdagi futbolchilarga qaratganman. Qachonki ular qolganlar bilan bir xil darajada bo'lsa, keyin ular haqida gaplashamiz", - dedi Abaskal.
Ispaniyalik mutaxassis iyun oyida Moskva klubiga bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya chempioni "Zenit" va Rossiya kubogi sohibi "Spartak" o'rtasidagi uchrashuv 9 iyul kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar