So’nggi yangiliklar

08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  1 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  1 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  6 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  1 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  80 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  1

O'rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag'lub etdik Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvida Iordaniyani mag'lub etdik

Dubaydagi ikkinchi yig'in doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi Iordaniyaga qarshi o'tkazildi.
Uchrashuvda Iordaniya o'zi tashkil etgan deyarli birinchi xavfli vaziyatdan gol urdi. 16-daqiqada o'ng qanotdan oshirilgan to'pni markaziy himoyachimiz Egor Krimec qaytara olmadi, iordaniyalik Oday Al Sayfi 9 metrdan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.  

30-daqiqada Jamshid Iskanderovning to'p uzatishidan so'ng Farrux Sayfiev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. CHap qanot himoyachisi rolida o'ynagan Sayfiev to'pni o'ziga bo'ysundirayotganda Amir SHafi uni o'z jarima maydoni ichida yiqitishga majbur bo'ldi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Rashidov aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Sardor to'pni darvoza markaziga yo'lladi, posbon o'ng tomonga tashlandi - 1:1.  

Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Sardor Rashidov o'ng qanotdan jarima maydoni yoniga borib Navro'z Alimovni to'p bilan taminladi. Zaxiradan maydonga tushganiga ko'p bo'lmagan yosh hujumchi ikkinchi harakat bilan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:1.

Bahs aynan mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi va Mirjalol Qosimov shogirdlari Iordaniya ustidan irodali g'alabaga erishishdi.



O'zbekiston - Iordaniya 2:1
Gollar
: Oday Al Sayfi 16, - 0:1. Sardor Rashidov 30 penalti, - 1:1. Navro'z Alimov 87, - 2:1.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov (Bobur Yuldashev, 85), Egor Krimec, SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev (Vitaliy Denisov, 66), Javlon Ibrohimov (Vohid SHodiev, 66), Temur Kapadze (S), Lutfulla To'raev, Jamshid Iskanderov (Sanjar Tursunov, 66), Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov (Navro'z Alimov, 75).
Iordaniya: 1.Amir SHafi (S), 5.Muhammad Al Dmreyri, 3.Tariq Xattab (4.Ahmad Sraiva, 60), 11.Oday Zahran, 2.Ahmad Elias, 18.Solih Rateb  (17.Raja Ayad, 61), 15.Muhammad Dovud, 14.Abdulloh Dib (16.Samir Raja, 65), 7.Muhtor Abu Amara, 8.Oday Al Sayfi, 10.Ahmad Hayol (9.Mahmud Zatara, 60).
Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov 28.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика