So’nggi yangiliklar

20:28Суперлига. "Насаф" - "Бухоро" 5:0 (матнли трансляция)  36 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  3 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  3 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  18 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  11 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  6 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  18 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  2 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  4 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  18 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  11 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  4

O'rtoqlik uchrashuvi: "Navbahor" - "Dinamo" 2:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi: "Navbahor" - "Dinamo" 2:2

Teglar :  DinamoNavbahor
Bugun futbolchilarimiz davralar oralig'idagi ikkinchi nazorat o'yinini Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi o'tkazishdi.

Samarqandliklarga qarshi uchrashuvda Toshkentdagi yig'inda “Navbahor” mashg'ulotlariga qo'shilgan yarim himoyachi Alibobo Rahmatullaev ham maydonga tushdi. “Bunyodkor” jamoasidagi faoliyati orqali muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchi mavsum birinchi yarmini “Buxoro”da o'tkazgandi.

SHuningdek, mazkur bahsda birinchi davrani diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan himoyachimiz Tohir SHamsiddinov ham harakat qildi. Jarohat sabab birinchi davraning asosiy qismini o'tkazib yuborgan himoyachi Rahmatillo Berdimurodovni ham maydonga qaytganligini aytib o'tish joiz.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa azolari ham munosib tarzda to'p surishga intilishdi. Samarqandliklar uchrashuv birinchi bo'limda ikki marta zafar quchib oldinga chiqib olishgandi. Ammo, tanaffusga qadar futbolchilarimiz qisqa muddat ichida o'rtadagi muvozanatni tiklashga erishishdi. Dastlab Robbim Hasanov qanotdan oshirib berilgan to'pni darvozaga boshi bilan yo'llab hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay endi SHahboz Erkinov Tohir SHamsiddinovning uzatgan to'pini golga aylantira oldi.

Tanaffusdan keyin jamoalar maydonda tengma-teng o'yin ko'rsatishdi. Ketma-ket hujumlar tashkil etilgan bo'lsada, gol urish hech kimga nasib etmadi. Natijada o'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topdi. Jamoamiz navbatdagi nazorat urashuvini 26 iyul kuni G'uzorning “SHo'rtan” klubiga qarshi o'tkazadi.

"Navbahor" - "Dinamo" 2:2
Gollar: SHaxboz Erkinov, Robbim Hasanov - Hamdamov, Magerramov
Uchrashuvda "Navbahor" tarkibi quyidagicha bo'ldi: Akmal Ortiqov, Alisher Samatov, Bobir Akbarov, Azim Ahmedov, Robbim Hasanov, Dilshod Jabborov, Tohir SHamsiddinov (Rahmatillo Berdimurodov), Ilhom Boydedaev, Alisher Mahmudov (G'ayrat Jo'raev), SHahboz Erkinov, Alibobo Rahmatullaev (Navro'z Alimov).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика