So’nggi yangiliklar

17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  0 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  2 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  1 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  6 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  15 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  5 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  49 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0 11:36Катанец нега ҳимоячи ўрнига ярим ҳимоячи, ярим ҳимоячи ўрнига эса ҳимоячини чақиради?   23

O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Yunayted" "Liverpul"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Yunayted" "Liverpul"ni yirik hisobda mag'lub etdi

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" — "Liverpul" 4:0

Gollar: Sancho, 12 (1:0), Fred, 30 (2:0), Marsyal, 32 (3:0), Pellistri, 76 (4:0).

"Manchester Yunayted": De Xea, SHou, Lindelyof, Varan, Dalot, Maktominey, Fred, Fernandesh, Marsyal, Reshford, Sancho.

Zaxira: Xiton, Bayi, Malasiya, Amad, Telles, Pellistri, Van-Bissaka, Van de Bik, Elanga, Lerd, CHong, Gannibal, Garnacho, Sevij, Ikbal.

"Liverpul": Alisson, Mabayya, Fillips, Gomes, CHembers, Xenderson, Morton, Karvalyu, Elliott, Dias, Firmino.

Zaxira: Adrian, Mrozek, Devis, Fabino, Van Deyk, Konate, Tiago, Milner, Keyta, Salax, Oksleyd-CHemberlen, Jons, Cimikas, Robertson, Nunes, Matip, Baysetich, Uilyams, Klark, Klarkson, Aleksandr-Arnold, Van den Berg, Norris, Xill, Frauendorf.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Manchester Yunayted" anchadan buyon bunday g'alabalarni sog'ingandi. Oqil Abdubarnoev sizni zeriktirmaslikka harakat qildi. Ko'rishguncha deb qolamiz.

90+3. Saloh ham bugun chap yoni bilan uyg'ongan ko'rinadi, uning navbatdagi zarbasi ham darvozaga kirishni istamadi.

90+1. Keyta tomonidan yo'llangan kuchli zarba Amadning qorniga tegdi, ehtimol, uning egan taomlari ham shu erda hazm bo'la qoldi.

90. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBA! Salohning o'ng qanotdan aylanma zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pga oyoq qo'ygan Nunesning zarbasi esa stadiondan tashqariga chiqib ketgan bo'lish ehtimoli mavjud.

83. Arnoldning zarbasi Bayining boshini uchirib ketishiga bir bahya qoldi. Himoyachining boshi tepasida bir muddat yulduzchalar aylangan bo'lsa shubhalanmayman.

82. Salohga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hisobni qisqartirish uchun yaxshi imkoniyat mersisaydliklarda, har holda darvozaba De Xea emas.

Bugungi g'alabadan saytimiz xodimi Tolibjon Qosimov Erik ten Xagdan ham ko'proq quvonayotgan bo'lsa kerak.

76. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Bayi boshlagan qarshi hujumni Diallo rivojlantirdi, Pellistri esa hisobni chiroyli ko'rinishga keltirib qo'ydi.

73. Elanga va Adrian to'qnashib ketdi. "Liverpul" posboni "Turaqol endi" deya raqibiga ishora qilmoqda.

70. Nunesdan ilk urinish, uning tarixda qoladigan zarbasi golga aylanishiga yaqinda maydonga tushgan Xiton yo'l qo'ymadi.

67. De Xea "Men maydonni tark etmasam, raqiblar gol uradiganga o'xshamaydi" degancha sherigiga o'rin bo'shatdi. Xiton esa yaxshigina ter to'kishini inobatga olgan holda qo'lidagi sochig'i bilan maydonga chiqib keldi.

64. Arnold jismoniy tarbiya darsida alo bahoga o'qiganini hozirgi harkatida isbotladi, ammo uning yakuni uzatmasi ham alo bo'lib chiqmadi.

61. "Liverpul"da yana yoppasiga almashtirish amalga oshirilmoqda. Saloh, Van Deyk, Nunes ham ko'rinish berdi. Endi enasini ko'rsatadi bular.

58. "Liverpul" futbolchilari burchak zarbasi ishlab olishdi. CHap qanotdan uzatma Van-Bissakaning beliga tegib, maydonni tark etdi. Himoyachi ortga qaytishda "Belimni tutguncha, to'pni o'tkazib yuborsam bo'larkan", degan o'y bilan ortga qaytdi, menimcha.

53. Telles raqibining libosini so'rab, futbolkani qo'yib yuborgisi kelmadi, hakam esa buni noto'g'ri tushungancha manchesterliklar darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi.

48. "Liverpul" futbolchilari Useyn Bolt tezligida pressing qilishni boshladi va bu samara bermoqda.

46. Bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'lim avvalida ikkala jamoa tarkiblari o'zgardi.

Hakam qo'shib berilgan daqiqalar tugashini kutmasdan hushtagini chaldi. "Liverpul" futbolchilari yuzlarini yuvib olib, Kloppning kaltagidan bahramand bo'lgan holda ikkinchi bo'limni boshlashsa, ajabmas.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Jonsning zarbasi De Xeaning qo'liga toshbaqa tezligida etib bordi.

40. Cimikas hali jarohatidan tiklanishga ulgurmagan Varanga jarohatini eslatib qo'ydi. Francuz futbolchisi dilidagi "shirin so'zlar"ni pichirlab aytgancha o'rnidan turdi.

38. "Manchester Yunayted" 0:5 alamini hech bo'lmaganda o'rtoqlik uchrashuvida olishga urinib ko'rishadi. "Liverpul" esa asosiy kuchlarini hali tashlamadi.

32. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Xato qilish navbati hozirgina maydonga tushgan Uilyamsga keldi. Himoyachi bu erga futbol o'ynagani kelganini bilmagan shekilli, nima bo'layotganini anglab etguncha, Marsyal to'pni "ildirib" ketdi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

32. Goldan so'ng tepa sochi tik bo'lgan Klopp tarkibni butkul yangiladi.

30. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! O'ng oyog'i maqtovga sazovor bo'lmagan Fred aynan shu oyoda "parashyut" uslabida Alissonni peshonasini tirishtirishga majbur qildi.

27. Gomes kechqurun uxlamasdan, sevgilisi bilan tonggacha ijtimoiy tarmoqlar orqali diydorlashgan ko'rinadi, hozir ham oddiy vaziyatda to'pni raqibiga berib qo'ydi.

23. Gomesning dakki eshitadigan xatosidan so'ng Sancho oldinga bordi va faqatgina to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yish kerak bo'lgan Reshfordga to'pni uzatdi, biroq Markus gol urish qanday bo'lishini esdan chiqarib qo'ygan ko'rinadi, uning zarbasi darvozaga etib bormadi ham.

21. Manchesterlik futbolchi sherigini raqib posboni bilan yuzlashtirishga harakat qilib ko'rdi, ammo uning pasidan so'ng "Liverpul" himoyachisi oyog'ini miliciya xodimi tayog'ini cho'zgani kabi harakat qilib, to'pni to'xtatib qoldi. 

18. "Liverpul"ning tezkor hujumidan so'ng juda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Diasning zarbalari darvozaga etib bormasligi uchun MYU himoyachilari har balo qilib ko'rishdi.

15. "Liverpul" yosh futbolchisini manchesterlik ikki akasi kuragini erga tekkazib qo'yishdi va hech narsa bo'lmaganday ortga chekinishdi.

12. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Sancho manchesterliklarning dastlabki xavfli hujumini golga aylantirdi. Alisson De Xeaning seyvlaridan hangu-mang bo'lib turgandi, shekilli, bu zarbani qaytarishga o'zida kuch topolmadi.

10. Yo'q, De Xea o'zida. Undan navbatdagi chiroyli ijro. O'ziyam suvga kalla tashlagandek otildi.

9. De Xea maqtovlarimizdan taltayib ketdi shekilli yoki boshqalarga ham qo'l bilan o'ynashga ruxsat deb o'yladiyov, uning uzatmasidan so'ng Reshford oyog'ini taekvondo uslubida ko'tarib ham to'pni qabul qila olmadi.

7. De Xea yangi mavsumda ham ko'p vaziyatlarni o'zi hal qiladiganga o'xshaydi. Ispan posbonidan olqishlashga arzigulik navbatdagi harakat ijro etildi.

6. "Manchester Yunayted" tezkor qarshi hujum tashkillashtirgandi, biroq Fred sherigini birga-bir vaziyatga chiqara olmadi.

3. O'ng qanotdan "Liverpul" xavfli hujum tashkillashtirdi. Mabayyaning uzatma aralash zarbasidan so'ng De Xea muxlislarning hali gol ko'rishiga erta ekanligini ko'rsatib qo'ydi.

2. Dastlabki daqiqalarda mersisaydliklar to'pni o'zlarida ushlab turishga harakat qilishmoqda. 

1. "Liverpul" futbolchilari o'yinni boshlab berdi.

"Manchester Yunayted" qizil, "Liverpul" oq rangli libosda harakat qilishadi.



Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Uchrashuvni ushbu havola yoki bunisi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Uchrashuv avvalida kichik koncert dasturi o'tkazilmoqda. Ijroda "Tailand seni tog'angmas" qo'shig'i.

Muxlislar ham o'yin boshlanishini intiqlik bilan kutishmoqda.

Assalomu alaykum, yoz chillasida barcha kondecioner ostida mizg'iyotgan pallada futbol bahsini o'tkazib yubormaydigan ashaddiy muxlislar! Bugun Tailandda inglizcha futbol guvohiga aylanamiz. 

Tailanddagi o'rtoqlik uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика