“Spartak” Dubaydagi so'nggi o'rtoqlik o'yinida yirik g'alabaga erishdi, O'runov esa zaxiradan tushdi Yangiliklar

“Spartak” Dubaydagi so'nggi o'rtoqlik o'yinida yirik g'alabaga erishdi, O'runov esa zaxiradan tushdi

Mavsumning 2-qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan moskvaliklarning bu safargi raqibi Latviyaning “Riga" jamoasi bo'ldi.

Mazkur o'rtoqlik uchrashuvida “Spartak” Roman Zobnin, Esekel Ponse, Viktor Mozes hamda Jordan Larssonning gollari evaziga 4:0 hisobida zafar quchdi. Oston O'runov esa 79-daqiqada yarim himoyachi Mixail Ignatovning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.

SHu tariqa, “Spartak”ning BAAdagi yig'ini yakunlandi va jamoa ertaga Moskvaga qaytib boradi. 20 fevralda esa Domeniko Tedesko shogirdlarini Rossiya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan “Dinamo”ga qarshi o'yin kutmoqda.

"Spartak" — "Riga" (Latviya) — 4:0 (0:0)

Dubay. "Jebel Ali" sport kompleksi

Gollar: 1:0 Zobnin (58, pas Ponse). 2:0 Ponse (65, penalti). 3:0 Mozes (85, penalti). 4:0 Larsson (90+1, pas Zobnin).

"Spartak": Selixov (Rebrov, 46), Eshhenko (Jikiya, 70), Markitesov, Kutepov (Gaponov, 79), Ayrton (Maslov, 70), Bakaev (Umyarov, 46), Zobnin, Xendriks (Kral, 70), Ignatov (O'runov, 79), Pedro Rosha (Mozes, 70), Sobolev (Ponse, 20, Larsson, 70).

"Riga": Purinish (Isaev, 46), Fyodorov (Petersons, 66), Vranyanin, CHernomordyy, Rugins, Kamesh (Filippov, 66), Pischevich, Vesli (Soysaylo, 46), Ramos, Miloshevich, Brizola (Mbombo, 66).





Reklama




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика