So’nggi yangiliklar

13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  0 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  3 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0

O'rtoqlik o'yini oldidan. 15 kunlik mashg'ulot mahsulini bugun ko'ramizmi? Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini oldidan. 15 kunlik mashg'ulot mahsulini bugun ko'ramizmi?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy qo'l ostida o'zining ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qo'l ostida mashg'ulotlarga kirishgan terma jamoamiz bugun Suriya bilan kuch sinashadi. Eng qizig'i, raqibimizda ham yangi murabbiy ish boshlagan. Osiyo Kubogiga Suriyani germaniyalik murabbiy Bernd SHtange tayyorlamoqda. Kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ikkala murabbiy ham o'z jamoasi haqida iliq fikrlarni bildirdi.

Albatta, bizning etiborda ko'proq Ektor Kuper bo'ldi. Kuper matbuot anjumanida asosan umumiy gaplarni aytish bilan cheklandi. Suriya bilan hujumkor o'yin namoyish etamiz yoki himoyaga etibor beramiz demadi, balki vaziyatga qarab ish tutamiz dedi. Bernd SHtange esa O'zbekistonda futbol yildan yilga rivojlanayotganini aytib o'tdi. (Albatta, o'zbek futbolini ichidan kuzatmaydigan mutaxassisning futbolimiz haqida iliq fikr bildirishi juda quvonarli).

Ektor Kuperning terma jamoa bilan yig'in boshlaganiga 15 kun bo'ldi. 15 kundirki jamoa har xil maydonlarda mashg'ulot olib bordi. Faqat o'yin bo'ladigan asosiy maydondan tashqari. "Milliy" stadionda kechagi rasmiy mashg'ulot ham o'tkazilmadi. Terma jamoamiz yana "Jar"da, Suriya esa "Milliy" stadionning zaxira maydonida shug'ullandi.

15 kun davomida Kuper nima ish qilganining kichik mevasini bugun ko'rsak ajab emas. Eng muhimi, yangi murabbiy futbolchilarimizni va kim qaerda to'p tepishini o'rganib olsa bo'lgani. Ammo mashg'ulotlardan kelib chiqib bugungi bahsda asosiy tarkibni topish birmuncha mushkul. Kuper balki qaysidir o'yinchini o'zi o'rganmagan chiziqda sinab ko'rishi ham mumkin. CHunki o'rtoqlik o'yinlari eksperimentlarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi.

Ektor Kuperning xayolidan nimalar o'tayotganini bilmaymiz. O'yinga qo'ygan maqsadi ham faqat o'ziga ayon. Hozircha qo'limizdan kelgani kutish va terma jamoaga muxlislik qilish.

Suriya terma jamoasi ancha jiddiy raqib. Bu jamoa yozning boshidan beri yig'ilib shug'ullanib kelmoqda. Suriya termasi JCH-2018 saralash bosqichida biz bilan bitta guruhda edi. Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda ularni 1:0 hisobida mag'lub etganmiz. Safardagi o'yinda esa shu hisobda yutqazib qo'yganmiz. O'zbekiston va Suriya hozircha o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmagan. Demak, bugungi bahs birinchisi bo'ladi.

SHu paytgacha Suriyaga qarshi uchta rasmiy o'yin o'tkazgan bo'lsak, bu jamoa darvozasiga faqat 2ta gol urganmiz. Gollardan biri Sergey Lebedev, ikkinchisi Aleksandr Geynrixga tegishli. Bugun kim raqib darvozasini ishg'ol qilsa, bu borada yangi futbolchiga aylanadi. Imkoniyatlar borasida esa 50/50 deya olamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика