So’nggi yangiliklar

Origi "Liverpul"dagilarga o'z javobini aytdi Yangiliklar

Origi "Liverpul"dagilarga o'z javobini aytdi

Hujumchi Divok Origi yozda "Liverpul"dan ketadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, belgiyalik forvard yangi mavsumni "Milan"da boshlaydi. Ayni damda Milan klubi Origining transferi borasida ishlamoqda. U erkin agent sifatida jamoa tarkibiga o'tadi. "Liverpul"dagilar Origining "Milan" bilan muzokaralar olib borayotganidan xabardor. Tomonlar shartnoma borasida deyarli kelishuvga erishishgan.

Oldinroq 27 yoshli futbolchi "Milan"da yiliga 4 million evro maosh olishi haqida malumotlar berilgandi. Ushbu mavsumda Origi "Liverpul" tarkibida 17 o'yinda qatnashib, 6 gol va 2 assist qayd etdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика