So’nggi yangiliklar

13:15Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  0 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  4 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  5 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1

Orif Mamatkazin istefoga chiqdi yoxud Andijon murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida Yangiliklar

Orif Mamatkazin istefoga chiqdi yoxud Andijon murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida

Oliy liganing 25-turida safarda SHo'rtandan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 17 oktyabr, dushanba kuni Andijon FK ofisida klubning navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Undan jamoa vice-prezidenti, bosh direktori Abdisolomov Marufjon Jamoldinovich so'z olib, oxirgi paytlarda Andijonning qayd etayotgan natijasi qoniqarsiz bo'layotgani va jamoani kuchlilar safida olib qolish uchun yanada jiddiy ishlash kerakligini alohida takidlab o'tdi.

SHuningdek yig'ilish chog'ida bungacha jamoa natijalariga javobgar bo'lib kelgan bosh murabbiy - Orif Mamatkazinning sog'ligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgani sababli  istefoga chiqqani aytib o'tildi. SHu bois murabbiylar shtabida ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi. Endilikda jamoa natijalariga klub vice-prezidenti, jamoa bosh direktori M.J.Abdisolomovning javob beradi va qolgan uchrashuvlarda jamoani uning o'zi maydonga olib tushadi. Abdisolomovga Eldor Sakaev bilan birga mahalliy murabbiylar Vitaliy Legay, Rasul Rahmonov va Qobiljon Olimjonov yaqindan yordam beradigan bo'ldi.

Bungacha darvozabonlar bilan ishlagan murabbiy Server Esetov ham istefoga chiqdi.

Dushanba kuni futbolchilar tushlikdan so'ng jamoa qarorgohida yig'ildi va Metallurgga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. SHuni alohida takidlab o'tish lozimki, kechagi mashg'ulotda Marufjon Abdisolomovning shaxsan o'zi bevosita ishtirok etdi.

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha futbolchilar bilan Rasul Rahmonov ishlagan bo'lsa, darvozabonlarni Qobiljon Olimjonov shug'ullantirdi. Vitaliy Legay esa taktik-texnik mashg'ulotlarni olib bordi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика