So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

"Oq-tepa" tarkibida maydonga tushgan Opeks Samuel "Dinamo" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

"Oq-tepa" tarkibida maydonga tushgan Opeks Samuel "Dinamo" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?

Teglar :  Oq-TepaOpeks Samuel
Pro liganing navbatdagi turi doirasida o'tkazilgan "Oq-tepa" hamda "Dinamo" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar tarkibida bir nechta futbolchilar debyutini o'tkazdi.

"Oq-tepa" tarkibida boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan afrikalik Opeks Samuel bahsdan so'ng dastlabki fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekistonga kelganimga ko'p bo'lmadi, jamoa, futbolchilar va murabbiylar yaxshi kutib olishdi. O'zbekiston men tashrif buyurgan eng yaxshi mamlakatlardan biri bo'lib qoladi degan umiddaman.

Birinchi o'yinim yaxshi o'tdi. Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Lekin, raqib bir kishi kam bo'lib qolgach biz o'yinni nazorat qila olmadik. Biz hayolan yutib bo'ldik, vazifamizni bajardik deb o'yladik. Futbol 90 minut o'ynaladi, oxirigacha kurash olib borish kerak. Raqib kamchilik bo'lib qolganidan foydalanib oldinga o'tishimiz kerak edi.



Mamlakatingiz futboli va chempionati haqida avval tasavvurga ega emasdim. Biroq, bu erga kelayotganimda agar yutsam va o'zimni ko'rsatsam yuqori ligalardagi jamoalarga o'tishim mumkinligini aytishgan.

Jamoamga yordamim tegishi uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qilmoqchiman. Buning uchun ko'proq ishlashim va oldinga intilishim zarur. SHundagina maqsadimga erishaman",- deydi Opeks.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика