So’nggi yangiliklar

01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  0 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  13 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   34 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15

"Oq-tepa": O'zbekiston Kubogi uchun kurashni davom ettiramiz Yangiliklar

"Oq-tepa": O'zbekiston Kubogi uchun kurashni davom ettiramiz

Bugun O'zbekiston Kubogi bahslarining 1/16 final uchrashuvlari yakunlandi.
"Oq-tepa" ushbu bosqichda oliy liga vakili “Mashal”ni qabul qildi. Juda qiziqarli bellashuvda g'alaba biz tomonda bo'ldi. Ikkala jamoa azolarida ham darvozalarni ishg'ol qilish uchun bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Xususan, vakillarimiz Nikita Pavlenko, Alisher SHog'ulomov, Maruf Ahmadjonov birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni ochishi mumkin edi, ammo yakunlovchi zarbalarni yo'llashda futbolchilarimizga sovuqqonlik etishmadi.

Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Jamoalar qo'shimcha 30 daqiqada orani ochiq qilishdi. Uchinchi bo'limning 8-daqiqasida qarshi hujumga o'tgan futbolchilarimiz hisobni ochishdi. Maruf Ahmadjonov chiroyli zarba bilan Botir Nosirov darvozasini ishg'ol qildi – 1:0. Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi. Vaholanki, bir vaziyatda Nodir Teshaboev bo'sh qolgan darvozani nishonga olib, o'yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega bo'lgandi, biroq himoyachi boshqacha qarorga keldi. Bu qaror raqibning foydasiga xizmat qildi.

Aytish kerak, uchrashuv biroz asabiy ko'rinish oldi. Natijada bosh hakam ko'plab o'yinchilarga sariq kartochka ko'rsatish bilan bir qatorda uch nafar futbolchini maydondan chetlatdi. Yana bir futbolchi bellashuvdan so'ng qizil kartochka oldi. Musobaqaning 1/8 finalida “Xotira-79” bilan uchrashamiz. PFL qaroriga ko'ra, o'yinlar 11-12 – 17-18 may kunlari bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuv Uychi shahrida o'tkaziladi.

O'zbekiston Kubogi. 1/16 final
“OQ-TEPA” – “MASH'AL” - 1:0 (0:0)
20 aprel. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni. 865 tomoshabin.
Bosh hakam
: Dmitriy Pislegin (Toshkent).
Qanot hakamlari: Fayzullo Hasanov (Namangan), Rasul Fozilov (Namangan).
Zaxira hakami: Doniyor Dosanov (Toshkent).
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent).

“Oq-tepa”: SHohruh Eshbo'taev, Doniyor Usmonov, Temur Turdiev, Nodirbek Teshaboev, Alisher SHog'ulomov, Nikita Pavlenko, Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, Zafarjon Qoraqulov, Maruf Ahmadjonov (Sergey Rekun, 105), Zokir Mirzaahmedov, Sergey Proxorov (Nikita Sviridov, 91).

“Mashal”
: Botir Nosirov, Dilyaver Vaniev, Qahramon Bahodirov, Jahongir Abdumo'minov, Abbos Omonov (Andrey Derkach, 103), SHerzod Fayziev, Salamat Quttiboev, Zafar To'raev (Bahodir Murtazoev, 75), Abbos SHodmonov (Jamshid Hasanov, 68), Eldor SHomurodov, Mo'ydin Mamazulumov.

Gol:
Maruf Ahmadjonov, 97 – 1:0.

Ogohlantirishlar:
Eldor SHomurodov, 31. Zafarjon Qoraqulov, 36. Maruf Ahmadjonov, 55. Dilyaver Vaniev, 76. Jahongir Abdumo'minov, 77. Jamshid Hasanov, 95. Alisher SHog'ulomov, 98. Sergey Rekun, 110.

CHetlatishlar
: Dilyaver Vaniev, 98. Alisher SHog'ulomov, 108. Qahramon Bahodirov, 110. Jahongir Abdumo'minov (uchrashuvdan so'ng).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика