Oq-tepa: Bugun ikkinchi bosqichga tayyorgarlik boshlanadi
20 iyu 2014 17:18
Yangiliklar


Oq-tepa: Bugun ikkinchi bosqichga tayyorgarlik boshlanadi
O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yayotgan jamoa bugundan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Rejaga ko'ra, bugun tushdan so'ng futbolchilar jamoa bazasida jam bo'lishadi. Kechki payt esa, ikki tomonlama o'yin o'tkazilishi rejalashtirilgan. “Oq-tepa”ni tanaffus vaqtida bir nechta futbolchi tark etishga ulgurdi. Ularning o'rni yangilar bilan to'ldirilishi ko'zda tutilgan. Bu haqida ertaga rasman malumot beramiz.
Aytish kerak, “Oq-tepa” 22 iyul kuni “Andijon”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 23 iyul kuni ertalab tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishiladi. Yani, jamoamiz poytaxt viloyatining tog'li hududiga yo'l oladi va u erda besh kunlik yig'in o'tkazadi.

Fikrlar