So’nggi yangiliklar

10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  3 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  1 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  4 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  4 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  6 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0

Omad sizga, Farhod Magomedov Yangiliklar

Omad sizga, Farhod Magomedov

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Farhod Magomedov O'zbekiston futboli jamoatchiligi tomonidan eng ko'p tanqid qilingan insonlardan biri. Endi u PFL bosh direktori emas.

Magomedov nomini iloji boricha kamroq tilga olishni istaganman. Biroq u boshqargan tashkilot haqida etarlicha salbiy fikr ham bildirganman. O'zimcha Magomedov shaxsiyotiga tegishni istamaganmanim bilan, har safar u boshqargan tashkilotni “savalab” qarshisidan chiqib qolaverganman, o'zim istamaganim holda.

Nega? CHunki shaxs sifatida uni hurmat qilaman. Futbolchi sifatida Magomedovning o'yinlariga tan beraman. Katta avlod vakillari fikrimga balki qo'shilar, men hozirgacha Oliy Ligada uning kabi himoyachini deyarli ko'rganim yo'q. Unda bitta himoyachiga nima kerak bo'lsa, barchasi mujassam edi. Rost yoki yolg'on bilmadim, eshitganim bo'yicha aytaman: taym o'rtasida tovoniga mix kirib ketib, butsasining ichi qonga to'lganida ham, tishini-tishiga qo'yib, bemalol 45 daqiqa yugura olgan futbolchi bo'lgan u.

“CHig'atoy” futbol maktabida murabbiy sifatida taniganman. Bir safar mashg'ulotiga angrayib, 1 soatcha joyimda turib qolganimni ham eslayman. SHunchaki, Magomedovni kabinetga tiqib qo'yishdi. Bundan kim yutdi bilmayman-u, ammo aniq ayta oladiganim bor: PFL hech narsa yutmadi.

Men Magomedovning qo'lida PFLda ishlaganman. 2012 yil Jakartaga o'qish uchun ketayotganimda o'z xohishim bilan ariza yozib, ishimni topshirganman. Qaytishim esa “Sport-TV”ga to'g'ri kelgan. O'z xodimlariga munosabatidan kelib chiqib ham Magomedovni hurmat qilaman, qo'l ostida bu odamdan yomonlik ko'rmaganman. O'z vaqtida oyligim hisobidan armiyam uchun pul ham o'tkazib bergandi. Qarzimni qaytarganman, biroq baribir katta yordam bergan deb hisoblayman.

“Sport-TV” esa faoliyatimning oyog'ini osmondan qilib yubordi. Men endi Magomedovning emas, Turdialievning qo'lida ishlay boshladim. Bunda maqtash kerak bo'lgan narsani maqtadim (hech kim buni eslamaydi va men bundan hafa ham bo'lmayman). O'zim noto'g'ri deb bilgan narsalarni esa ochiqchasiga tanqid qildim (shunisini hamma eslab qoldi). Tanqid qilganlarim orasida Magomedov boshqargan tashkilot ham bor edi.

Men bu postni yozishni uzoq kutdim. Endi Farhod akada lavozim yo'q, men undan foydalanishim mumkin bo'lgan hech narsa qolmadi. SHuning uchun ham fikrimni bayon qilish vaqti keldi, deb hisobladim. Sababini yuqorida aytdim, shaxs sifatida, futbolchi sifatida, murabbiy sifatida uni doim hurmat qilaman. Bu munosabat “vzaimno” bo'lishi shart emas. Meni yoqtirmaslik uchun unda etarlicha asoslar bor va ular meni qiziqtirmaydi, doimgidek fikrimda qolaman.

Magomedovning kelgusi taqdiri qanday bo'ladi, bilmayman. Agar u kabinetidan tashqariga chiqib, o'zi sevgan va uni odamlar tan olgan maydoniga qaytsa, faqat va faqat xursand bo'laman. CHunki u aynan o'sha maydonda o'zini namoyon qila olishiga ishonaman.

Omad sizga, Farhod aka! Barchasi uchun uzr, rozi bo'ling...


Muallif :
Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика