"Oltin to'p" sohibi vafot etdi
09 iyu 2023 15:11
Yangiliklar
Miramontes bugun 88 yoshida olamdan o'tdi. U futbolchilik faoliyati davomida "Deportivo", "Espanya Indastrial", "Barselona", "Inter" va "Sampdoriya" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan.
"Barselona" bilan birgalikda Luis ikki martadan Ispaniya chempionligi va kubogini qo'lga kiritgan. "Inter" tarkibida esa uch marta Yarmarka kubogida g'olib bo'lgan, shuningdek, ikki mratadan Evropa chempionlari kubogi va qitalararo kubokka ega chiqqan. Ispaniya termasi bilan birgalikda 1964 yilda Evropa chempioni bo'lgan.
1960 yili u Ferenc Pushkash hamda Uve Zeelerni ortda qoldirgan holda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan va shu orqali "Barselona" tarixidagi ilk "Oltin to'p" sohibi bo'lgan.
Murabbiylik faoliyati davomida Luis uch marta "Inter"ni boshqargan, shuningdek, "Sampdoriya", SPAL, "Komo", "Deportivo", Ispaniya U21 terma jamoasi, Ispanii terma jamoasi va "Albasete" kabi klublarni boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar