"Olmaliq": Tayyorgarlik poytaxtda davom etadi yoxud latviyalik futbolchi ko'rikda
20 iyu 2014 12:53
Yangiliklar

"Olmaliq": Tayyorgarlik poytaxtda davom etadi yoxud latviyalik futbolchi ko'rikda
Ikki kunlik tanaffusdan so'ng "Olmaliq" mashg'ulotlarini poytaxtda davom ettira boshladi.
"O'zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qilayotgan jamoa azolari, "To'qimachi" stadionida mashg'ulot olib bormoqda. Bugungi mashg'ulotlarda jamoa tarkibi to'liq ko'rinish oldi. Ayni vaqtda "Olmaliq" yig'inida ishtirok etayotgan 24 futbolchidan 18 nafari birinchi davrada jamoa sharafini himoya etgan bo'lsa, 6 nafari jamoa ko'rigida bo'lgan futbolchilardir. Jahongir Jiyamurodov, Evgeniy Gogol, Eldor Ergashev, Islom Ishoqjonov va Nikita Pavlenkolar jamoa safiga qo'shilgani haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.
Kechagi mashg'ulotda Yurmala shahrining "Spartak" jamoasidan markaziy himoyachi Vitaliys Smirnovs ham ishtirok etdi. 2004-2011 yillar Riganing "Skonto" jamoasi sharafini himoya etgan Vitaliys, 2012-2013 yillarda "Ventspils"da to'p surdi. Bu yilgi mavsumni tug'ilib o'sgan shahri jamoasida o'tkazayotgan himoyachi Latviya terma jamoasi safida 7 o'yinda maydonga tushgan. Smirnovs bungacha ham poytaxtimizda bir muddat bo'lgan. 2005 yil "Paxtakor" klubi tashkil etgan xalqaro turnirda "Skonto" jamoasi safida to'p surgan. U bir marta MDH kubogida "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushganini ham aytish mumkin. Bir necha marta Latviya chempioni bo'lgan Vitaliys ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olsa, "Olmaliq" safida ikkinchi davrada faoliyat olib borishi mumkin.
Jamoaning navbatdagi o'rtoqlik nazorat o'yini 21 iyul kuni "To'qimachi" stadionida Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Uchrashuv 17:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Fikrlar