“Olmaliq” - “Qizilqum” bahsini OFK mutaxassislari kuzatib boradi
24 apr 2014 11:48
Yangiliklar

“Olmaliq” - “Qizilqum” bahsini OFK mutaxassislari kuzatib boradi
Yana bir necha kundan so'ng, O'zbekiston XXIII milliy chempionati oliy liga jamoalari oltinchi tur uchrashuvlarini o'tkazadi.
Taqvimga ko'ra, 26 aprel kuni Neftchi (Farg'ona) – Mashal (Muborak), Olmaliq (Olmaliq) – Qizilqum (Navoiy), Dinamo (Samarqand) – Paxtakor (Toshkent), Navbahor (Namangan) – So'g'diyona (Jizzax) jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Nasaf (Qarshi) – Metallurg (Bekobod) uchrashuvi esa 27 aprelda o'tkazilishi belgilangan. 28 aprelda bo'ladigan Lokomotiv (Toshkent) – Andijon (Andijon), Buxoro (Buxoro) – Bunyodkor (Toshkent) jamoalari o'yini bilan oltinchi tur yakunlanadi.
Kuni kecha O'zbekiston Professional futbol ligasi Hakamlar qo'mitasi mazkur turda faoliyat ko'rsatadigan hakamlar guruhlarini elon qildi. Unga muvofiq, Olmaliqda o'tadigan Olmaliq – Qizilqum bahsini poytaxtlik yosh hakam, FIFA referisi SHerzod Qosimov boshqarib boradi. Unga FIFA laynsmenlari Alisher Usmonov (Toshkent), Temur Gaynulin (Toshkent)lar ko'maklashadi.
Yoshlar ligasi uchrashuvi bosh hakami va asosiy tarkiblar bahsi zaxira hakami etib, Igor Garmashov (Toshkent) tayinlangan.
Uchrashuvlarni nazoratchi sifatida A. Arutyunov (Toshkent)kuzatib boradi.
SHuni alohida takidlash kerakki, mazkur hakamlar guruhi o'tgan yili O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan FIFA referisi va laynsmenligiga nomzodlar sifatida taqdim etilgan edi. Malumotlarga qaraganda, Olmaliq – Qizilqum bahsini OFK Hakamlar departamentidan tashrif buyuradigan mutaxassislar kuzatishadi. Uchrashuv davomida mutaxassislar bosh hakam SHerzod Qosimov hamda laynsmenlarning faoliyatini baholashadi.
Eslatib o'tamiz, yoshlar ligasi uchrashuvi 25 aprel kuni soat 16.00 da boshlanadi. Olmaliq – Qizilqum jamoalari asosiy tarkiblar o'yini esa 26 aprel kuni soat 17.30 da start oladi.

Fikrlar