So’nggi yangiliklar

11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  5 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  16 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  9 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2

"Olmaliq": "Obod"ga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi Yangiliklar

"Olmaliq": "Obod"ga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi

Teglar :  OlmaliqObod
Bugun Olmaliq shahrida Toshkentning "Obod" jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng, "Olmaliq"ning ikkinchi yig'iniga yakun yasaldi.

Xabar berib o'tganimizdek, oliy liga debyutantiga qarshi ikkita o'yin tashkil etildi. Birinchi uchrashuvda har ikki jamoa kuchliroq tarkibni maydonga tushirdi. O'yinning 17-daqiqasida Diyor Turopov hisobni ochishga erishdi. Oradan etti daqiqa o'tib Javlon Iskandarov o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Ikkinchi taymning ilk daqiqasida Ro'zimboy Ahmedov hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 48-daqiqada SHoxruz Norxonov hisobni bittaga qisqartirdi. 75-daqiqada Islom Inomov maydondan chetlatildi. Bu bahsni jamoalar quyidagi futbolchilar bilan o'tkazishdi.
"Olmaliq": Nikita SHkvirin, Rahmatillo Berdimurodov, Artyom Filiposyan, Eduard Jevnerov, Abduqahhor Hojiakbarov, Islom Inomov, Doston Abdurahmonov, Diyor Turopov, Abdumalik Abdullaev, Zohir Pirimov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Evgeniy Gogol, Doniyor Ismoilov, Islombek Isoqjonov, Murod Rajabov.
"Obod": Davron To'raev, Javlon Iskandarov, G'ayrat Umirov, SHerzod Jalilov, Sanjar To'raqulov, Doniyor Hasanov, SHoxruz Norxonov, Alisher Azizov, Hasan Asqarov, Javohir Qaharmonov, Vyacheslav Purak.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umid Yorbekov, Mirzakamol Kamolov, SHahzod Abdurahimov, Abdulatif Abduqodirov, Arayk Boboev, Farhod Namozov, Ahror Umarjonov.

Ikkinchi uchrashuvda omad mehmonlarga kulib boqdi. 81-daqiqada Sanjar Baratov tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi. Bu bahsda "Obod" safida Dilshod Hamroev, Zohid Raupov, SHavkat Rahmatov, Azizbek Murotov, Sunnat Abdullajonov, Farrux SHotursunov, Abdurazzoq Jo'raev, Sergey Rekun kabi futbolchilar maydonga tushishdi. Bu o'yinda "Olmaliq" sharafini quyidagi futbolchilar himoya etishdi.
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Azamat Isroilov, Azizbek Suyunov, Azamat Abdullaev, Abbos Po'latov, Muhammad Isaev, Olim Ubayxo'jaev, Doston Toshmatov, Nodir Kamolov, Evgeniy Kochnev, Vladislav Pavlovskiy.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mixail Naumov, Abdumalik Toshpo'latov, Dilshod Fayziev, Islom Bito'raev, Timur Ergashev, SHaxboz Umarov.

Jamoamiz tarkibida to'p tepgan Vladislav Pavlovskiy va Olim Ubayxo'jaev ko'rikka chaqirilgan. Azizbek Suyunov, Abdumalik Toshpo'latov va SHaxboz Umarov esa yoshlar tarkibidan jalb etilgan.

Saidkomil Akbarov va Roman Abdulov biroz betobligi sabab bu o'yinda ishtirok etishmadi. Jamoa tarkibida bo'lgan Nikita Pavlenko, Maksim Kriushev, Farhod Tojiev hamda kecha jamoa ixtiyoriga etib kelgan Darko Stanoevich va Arslonmurod Amanovlar mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi.

SHu bilan 4 yanvardan boshlangan ikkinchi yig'inga yakun yasaldi. Yig'in davomida ko'rikda bo'lgan Azamat Abdullaev, Nodir Kamolov, Islom Bito'raev va Abdumalik Abdullaevlarga javob berildi. SHuningdek, darvozabon Akmal Ortiqov ham jamoani tark etmoqda.

Jamoamizning navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 16 yanvardan Toshkent shahrida davom ettiriladi. Rejaga ko'ra 19 yanvar kuni Tojikiston chempioni Dushanbe shahrining "Istiqlol" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi. Bundan tashqari 22 yanvarda "Andijon", 24 yanvarda "Neftchi", 28 yanvarda "Buxoro" va 30 yanvarda G'uzorning "SHo'rtan" jamoalari bilan nazorat o'yinlari tashkillashtiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика