So’nggi yangiliklar

00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  2 00:05ЕЧЛ. "Бавария" - "Челси" (онлайн ҳисоб)  11 00:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Атлетико"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  12 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  1 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  21 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  123 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0

Oliy ligada o'ynamay legionerga aylangan Husniddin G'ofurovni tabriklaymiz Yangiliklar

Oliy ligada o'ynamay legionerga aylangan Husniddin G'ofurovni tabriklaymiz

Bugun "Surxon" jamoasining tajribali futbolchisi Husniddin G'ofurov tavallud kunini nishonlamoqda.

Kuni kecha O'zbekiston milliy terma jamoasidan taklif olgan  Husniddin G'ofurov 26 yoshini qarshi olyapti. Farg'onalik futbolchi joriy mavsum boshida "Surxon" jamoasining azosiga aylandi. Bugunga kelib u jamoasining g'alabalarida munosib hissa qo'shib kelmoqda. Qahramonimiz futbolga kirib kelishi va ilk jamoasi haqida quyidagicha so'zlaydi.

"Maktabda tahsil olayotgan paytimdayoq millionlar o'yiniga mehrim tushib qolgan. Oltiariqdagi 38-maktabda o'qib yurgan kezlarim jismoniy tarbiya fanidan dars bergan Mahmud aka qo'l ostida mashg'ulot o'tkazardim. Hozir ham Oltiariqqa borsam, albatta u kishi bilan ko'rishib qaytaman. Keyin Farg'ona futbol maktab-internatiga o'tganman. Bu erda murabbiylar Durbek va Ravshan akalar qo'l ostida o'ynaganman. Keyin Farg'ona viloyati ikkinchi ligasida to'p tepdim. Xushbek Qosimov va Bahrom aka jamoasida faoliyat olib bordim. O'yinlarimni kuzatgach bir nechta klublardan takliflar bo'ldi. Ular orasidan o'zim uchun eng maquli "NBU-Osiyo"ni tanladim. O'zimni birinchi ligada ko'rsata olsam, yanada kuchli jamoalarga o'tish imkoniyati paydo bo'lishini o'ylaganman. Muxtor Qurbonov boshchiligidagi "bankirlar" safida bir mavsum to'p tepdim"


Etiborga molik jihati shundaki, Husniddin G'ofurov oliy ligada o'ynamay turib, birinchi liga klubidan legionerga aylangan kam sonli futbolchilar sirasiga kiradi. Qanot yarim himoyachisi poziciyasida o'ynaydigan G'ofurov professional faoliyatini o'zi aytgandek 2012 yili "NBU-Osiyo" jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning "Yavor" klubi bilan shartnoma imzolab, to'rt yil davomida shu jamoa sharafini himoya qilgan. Keyin yana bir yil Serbiyaning boshqa bir klubi "Mladost"da to'p tepgan. 2018 yilgi mavsumni to'liq "Lokomotiv" safida o'tkazdi va O'zbekiston chempioni bo'ldi. 

Uning O'zbekiston milliy terma jamoasidagi debyuti 2014 yilga to'g'ri keladi. O'shanda bosh murabbiy Mirjalol Qosimov 20 yoshni qarshi olish arafasida turgan Husniddin G'ofurovni taklif qiladi va Olmaliq shahrida o'tkazilgan Ummon terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ishonch bildiradi. U ilk chaqiruvdayoq asosiy tarkibda maydonga tushgandi. SHundan so'ng uni Olimpiya terma jamoamiz bosh Samvel Babayan 2016 yil Qatar mezbonligidagi Osiyo chempionatiga olib boradi va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda imkoniyat beradi. 

Saytimiz xodimlari nomidan Husniddin G'ofurovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика