Oliy ligada 11-tur yakunlari
19 may 2017 16:41
Yangiliklar
Oliy ligada 11-tur yakunlari
Dastlab 11-turdagi natijalarni yodga olsak.
17 may (chorshanba)
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:1
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 1:1
18 may (payshanba)
“Nasaf” – “Mashal” 1:0
“Olmaliq” – “Metallurg” 1:0
“So'g'diyona” – “SHo'rtan” 1:0
“Buxoro” – “Navbahor” 3:3
“Obod” – “Dinamo” 3:1
“Qizilqum” – “Neftchi” 2:2

Turning muhim voqealari:
- Bu turda darvozalarga jami 21ta to'p kiritildi: 13ta mezbonlar, 8ta mehmonlar. Uchta uchrashuvda mehmonlar gol ura olishmadi. Bular - "Mashal", "Metallurg" va "SHo'rtan".
- Gollarga boy o'yin Buxoroda bo'lib o'tdi. "Buxoro" - "Navbahor" bahsi 3:3 hisobida yakun topdi. O'yinda "Navbahor" darvozasi tomon uchta penalti belgilandi. SHundan ikkitasini Ivan Nagaev aniq amalga oshirgan bo'lsa, Alisher SHog'ulomovning zarbasini mehmonlar posboni Asilbek Omonov qaytarib qoldi.
- "Buxoro" - "Navbahor" bahsida bosh hakam Temur To'xtasinovning ishi nazoratchi Oleg Dachev tomonidan 7,2 ballga loyiq ko'rildi. Bu eng past baho.
- Bu turda jami 45 futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi. SHuningdek, to'rt nafar o'yinchi maydondan chetlatildi. Bular - Iskandar SHayqulov ("Mashal"), Ergash Ismoilov ("Buxoro"), Oybek Qilichev ("Navbahor") va Muzaffar Muzaffarov ("Neftchi").
- Eng ko'p sariq kartochka "Buxoro" - "Navbahor" va "Qizilqum" - "Neftchi" bahsida kuzatildi. Har bir o'yinda sakkiztadan.
- PFL qaydnomasiga ko'ra eng ko'p tomoshabin "Buxoro" stadioniga tashrif buyurdi - 10954 nafar. Eng kam muxlis esa "Obod" - "Dinamo" bahsiga keldi - 1260.

11-turda gol urgan futbolchilar:
"Bunyodkor" - Doston Hamdamov
"Paxtakor" - Stanislav Andreev
"Qo'qon-1912" - Darko Gojkovich
"Lokomotiv" - Marat Bikmaev
"Nasaf" - Islom Rashidxonov
"Olmaliq" - Igor Yelich
"So'g'diyona" - Sanjar Rashidov
"Buxoro" - Kirill Pasichnik, Ivan Nagaev (2ta penalti)
"Navbahor" - Aziz Turg'unboev, Nemanya Yovanovich (2ta)
"Obod" - Sanjar Rixsibaev(2ta), Doniyor Hasanov
"Dinamo" - Abdumalik Abdullaev
"Qizilqum" - Fayzulla Qambarov, Otabek Zokirov
"Neftchi" - Muzaffar Muzaffarov, Dmitriy Komarovskiy.
"Mashal" - hech kim
"Metallurg" - hech kim
"SHo'rtan" - hech kim

Muxlislar tashrifi (O'yin qaydnomasiga ko'ra):
1. "Buxoro" - 10954
2. "Qo'qon-1912" - 10576
3. "Qizilqum" - 6472
4. "Olmaliq" - 2485
5. "Bunyodkor" - 2123
6. "So'g'diyona" - 2067
7. "Nasaf" - 1503
8. "Obod" - 1260

Qiziqarli malumotlar:
- "Bunyodkor" ketma-ket besh o'yinda g'alaba qozona olmadi: uch durang va ikki mag'lubiyat. Qolaversa, bu jamoa oliy ligada eng kam to'p kiritgan - 7ta.
- "Paxtakor" safarda ikkinchi golini urdi va uchinchi marta durang o'ynadi. "Paxtakor" mavsum boshidan beri safarda hali g'alaba qozonmay kelmoqda.
- "Qo'qon-1912" ketma-ket uchinchi o'yinda durangga erishdi. Bu jamoa safarda "SHo'rtan"ni mag'lub etganidan beri boshqa yuta olmayapti. Qizig'i shundaki, "Qo'qon-1912"ning oxirgi uchta o'yini bir xil 1:1 hisobida yakun topdi.
- Marat Bikmaev "Loko" safida yana gol urdi. Uning oliy ligadagi gollari soni 11taga etdi. Ammo bu turda "temiryo'lchilar" g'alaba qozona olishmadi.
- "Nasaf" uydagi beshinchi o'yinni ham g'alaba bilan yakunladi. "Nasaf"dan tashqari "Loko" ham uydagi bellashuvlarda uch ochkoni qo'lga kiritib kelmoqda.
- "Mashal" safarda yana mag'lub bo'ldi. Jamoa o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etganidan beri ketma-ket uch o'yindan buyon gol ura olmayapti.
- Uyda g'alabaga erishgan "Olmaliq"ning mag'lubiyatsiz seriyasi ettita o'yinga etdi. Qolaversa, jamoa uydagi uchrashuvlarda gol o'tkazmasdan g'alaba qozonish ananasini davom ettirdi. "Olmaliq" - "Metallurg" 1:0.

- "Metallurg" safarda yana imkoniyatni boy berdi. Toshkentda "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan jamoa Olmaliqda hech bo'lmasa shuni uddalay olmadi.
- "So'g'diyona" uydagi oxirgi ikki o'yinni gol o'tkazmasdan g'alaba bilan yakunladi. Jizzaxliklar avvaliga "Mashal", keyin "SHo'rtan"ni mag'lub etishdi.
- "SHo'rtan" safardagi beshinchi o'yinida beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa uyda sher, lekin chetga chiqqanda hatto durang qila olmayapti.
- "Buxoro" o'z maydonida ikkinchi bor durangga erishdi. Agar o'yin oxirlarida Alisher SHog'ulomov penaltidan gol urganida maydon egalari g'alaba qozonishlari mumkin edi.

- "Navbahor" qatorasiga uchinchi o'yinni ham durang bilan yakunladi - 2:2, 1:1 va 3:3. Keyingi o'yinda 4:4 ko'ramizmi?
- Nihoyat, bu turda "Obod" uydagi ilk g'alabasini nishonladi. O'tgan yilgi "o'zbek "Lesteri" bu yil "Lester" bo'lishi kutilgan "Dinamo"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
- "Dinamo"ga kelsak, bu jamoa ham "Bunyodkor"ga o'xshab oxirgi beshta uchrashuvni yuta olmadi. Uch durang, ikki mag'lubiyat. Kechagi mag'lubiyat esa "Dinamo"ga rosa alam qildi.
- "Qizilqum" oxirgi oltita bahsning to'rttasini g'alaba bilan yakunladi. Jamoa kecha sal bo'shashganida o'z maydonida yutqazib qo'yishi ham mumkin edi.
- "Neftchi" safardagi ikkinchi g'alabasini nishonlashga yaqin turgandi. Biroq jamoa 2:0 hisobida oldinda borayotib, 2:2 o'ynadi. Umuman olganda, "Neftchi" bu yil hisobidan faqat ikkita bahsda g'alaba qozongan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar