So’nggi yangiliklar

13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0 12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  3 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  3 11:35Родри яна жароҳат олди  4 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   1 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   4 10:40"Ньюкасл" ПСЖ билан музокараларни бошлади  0 10:05Дамир Темиров "Андижон" мухлисларига илтимос билан чиқди  9 09:33"Барселона" ва Марк-Андре тер Стеген ўзаро келишувга эришди  7 09:06Носир Абдусаломов: "Чемпионлик? Бу ҳақда ўйлашга эрта"  0 08:05Пўлатхўжа Холдорхонов: "Икки очко йўқотдик, ғалаба қозонишимиз керак эди"  2 07:53CAFA "Пахтакор" стадионида бўлиб ўтиши мумкинми?  11 07:12Ўртоқлик ўйинлари: "Челси" ва "Интер" ғалаба қозонди, "Ньюкасл" эса дуранг қайд этди   3

Oliy Liga: To'purarlar orasida kurash qanday kechmoqda? Yangiliklar

Oliy Liga: To'purarlar orasida kurash qanday kechmoqda?

Xabaringiz bor, milliy terma jamoa o'yinlari sabab endilikda Oliy Liga bahslarida qisqa muddatli tanaffus yuzaga keldi.

SHu paytga qadar milliy chempionatimizda jamoalar 18 tadan uchrashuv o'tkazishga ulgurishdi. Quyida ayni paytda to'purarlar bahsida kimlar etakchilik qilayotgani xususida malumot berib o'tamiz.

Takidlash joizki, “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmaev mavsum boshidanoq to'purarlar “poygasi”da yakkapeshqadamlikni qo'lga olgandi. Marat ilk turlardanoq ketma-ket gollar urib, o'z hisobidagi gollar sonini anchaga etkazib olgandi. Biroq futbolchi birinchi davra so'nggiga kelib jarohat oldi va bir nechta uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, milliy terma jamoamiz azosi ikkinchi davraning ilk o'yinlaridanoq yana o'zining to'purarlik salohiyatini namoyish eta boshladi.

Hozirda Marat Bikmaevning kiritgan gollari soni 16 tani tashkil etmoqda. SHu o'rinda qayd etish joizki, “Lokomotiv”ning penaltilar tepish borasida etakchi “mutaxassisi” vazifasini qoyilmaqom tarzda uddalab kelayotgan Bikmaev 16 ta golning 5 tasini 11 metrli jarima zarbasida kiritgan.

 

To'purarlar bahsida Bikmaevning eng yaqin taqibchisi – “Nasaf” hujumchisi Dragan CHeran sanaladi. U hozirga qadar 10 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etgan. “So'g'diyona” azosi Sanjar Rashidov esa 9 bor muvaffaqiyat qozongan.

SHuningdek, 3 nafar futbolchilar – Ilhom Yunusov, Zohid Abdullaev va Ivan Nagaev 7 martadan gol urishga erishishgan.

6 bor raqib darvozabonlarini hafa qilgan ijrochilar orasida “Lokomotiv”dan Murod Bobojonov ham bor. “Temiryo'lchilar”dan Jaloliddin Masharipov 5 marta to'p kiritgan.

 

Jamoamiz sardori Temur Kapadze, Ikrom Aliboev hamda Sardor Mirzaev 3 martadan gol urishga muvaffaq bo'lishgan.

“Loko” vakillaridan Islom To'xtaxo'jaev, Sadriddin Abdullaev, Diyor Turopov, Kaxi Maxaradze, Salamat Qutiboev, Aziz Amonov va Oleg Zoteevlar 1 martadan muvaffaqiyat qozonishgan.

Umumiy hisobda “Lokomotiv” futbolchilari 43 marta raqiblari darvozalarini ishg'ol etishgan. Bu borada ham “Lokomotiv” yakkapeshqadam bo'lib turibdi. Jamoamizda to'plar nisbati +31ni tashkil etmoqda.

 

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, “Lokomotiv”dan tashqari faqatgina “Buxoro” 30 marta gol urgan. Boshqa hech bir jamoa hozircha 30lik dovondan oshgani yo'q.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика