So’nggi yangiliklar

15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  3 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  6 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  25

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi

O'zbekiston chempionatining 8-tur o'yinlari o'z yakuniga etdi. Biz odatimizga ko'ra bu turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.

Ramziy terma jamoadan "Qo'qon-1912", "Metallurg", "Andijon", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Olmaliq", "Paxtakor" va "SHo'rtan" klublari futbolchilari o'rin olishdi.



Darvozaga tajribali G'ayrat Hasanovni munosib deb topdik. Qo'qonlik posbon "Bunyodkor" bilan o'yinda 2ta gol o'tkazib yubordi. Lekin Hasanov bo'lmaganida "qaldirg'ochlar" kamida 5ta gol urishlari mumkin edi.

Darvozabon:
G'ayrat Hasanov ("Qo'qon-1912")


Himoyadan "Metallurg" sardori Hikmat Hoshimov o'rin oldi. Tajribali futbolchi Buxoroda ajoyib o'ynadi va jamoasi qiyin durangga erishib qaytdi.

"Andijon" vakili Azamat Isroilov "Mashal"ga qarshi bahsda faolligi bilan ajralib turdi. Futbolchining autdan to'pni to'g'ri jarima maydoni ichiga otib berishi natijasida bir necha marta xavfli vaziyatlar sodir bo'ldi.

"Nasaf" etakchisi Maqsud Karimov "Qizilqum" bilan o'yinda gol urishga erishdi. Uning goli jamoaning g'alabasini mustahkamladi. Bundan tashqari "ajdarlar" gol o'tkazib yuborishmadi, demak Maqsud va uning sheriklari o'z vazifasini alo darajada bajarishdi.

"Bunyodkor" sardori Akmal SHorahmedov ketma-ket ramziy termadan o'rin olmoqda. Sababi oddiy har bir o'yinda faol o'ynamoqda va jamoasiga katta foyda keltirmoqda. O'tgan turda gol urgan Akmal bu safar Qo'qonda Nurmatovga golli pas oshirdi.



Himoyachilar:
Hikmat Hoshimov ("Metallurg")
Azamat Isroilov ("Andijon")
Maqsud Karimov ("Nasaf")
Akmal SHorahmedov ("Bunyodkor")


"Lokomotiv" yarim himoyachisi Server Jeparov ham yana ramziy termaga kiritildi. Jeparov bu turda "Obod" bilan o'yinda ikkala golda ham samarali to'p uzatishini amalga oshirdi.

1997 yilda tug'ilgan Islom Rashidxonov Ro'ziqul Berdievning yana bir kashfiyotlaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Rashidxonov 8-turda "Qizilqum" bilan o'yinda o'zining oliy ligadagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu ramziy terma jamoadan o'rin olgan yagona legioner Arslonmurod Omonov bo'ldi. "Olmaliq"ning turkmanistonlik yarim himoyachisi "Neftchi" bilan uchrashuvda ajoyib o'ynadi. Aynan uning to'p uzatishlaridan so'ng ikkita to'p farg'onaliklar darvozasidan o'rin oldi.

Yarim himoyachilar:  
Server Jeparov ("Lokomotiv")
Islom Rashidxonov ("Nasaf")
Arslonmurod Omonov ("Olmaliq")



Qishda "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgan SHahzodbek Nurmatov endi-endi jamoaga qo'shilib ketmoqda. Nurmatov Qo'qondagi bahsda zaxiradan maydonga tushib gol urdi va golli pas berdi.

O'tgan mavsum to'purari Igor Sergeev bu yil ham gol urishda davom etmoqda. "Navbahor"ga qarshi bahsda dublga erishgan hujumchi o'z hisobidagi gollar sonini 7taga etkazib oldi.

Tur qahramoni so'zsiz "SHo'rtan" hujumchisi Igor Taran bo'ldi. Futbolchi "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda 3ta gol urishga erishdi. Takidlash lozimki, Taran faoliyati davomida birinchi bor oliy ligada xet-trikka erishdi. Bundan tashqari hujumchi o'sha bahsda golli pas ham berib jamoaning barcha 4ta golida ishtirok etdi.

Hujumchilar:
SHahzodbek Nurmatov ("Bunyodkor")
Igor Sergeev ("Paxtakor")
Igor Taran ("SHo'rtan")

 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика