So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  12 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  9 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

"Olimpik"dagi o'zgarishlar. 5 nafar futbolchi ketdi Yangiliklar

"Olimpik"dagi o'zgarishlar. 5 nafar futbolchi ketdi

Timur Kapadze shogirdlari 14 iyuldan etiboran 2-davraga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Olimpiyachilarimizning dastlabki mashg'ulotiga tashrif buyurib, jamoa tarkibida bir qator yangiliklar bo'lganiga guvoh bo'ldik.

1. Darvozabonlar murabbiyi almashdi

SHu kungacha "Olimpik" golkiperlarini shug'ullantirib kelgan Timur Ganiev Amerika Qo'shma SHtatlariga ko'chib ketdi. Endi uning vazifasini uzoq yillar Toshkentning "Paxtakor" klubida faoliyat yuritgan Anvar Tursunovich Rashidov davom ettiradi. 61 yoshli mutaxassis ayni paytda olimpiya terma jamoamiz kiperlari uchun ham javob beradi.

Takidlash kerakki, o'tgan yil oxirida butsalarini mixga ilgan SHavkat Mullajonov oldinroq Timur Kapadzening shtabiga qo'shilgan edi.

2. "Neftchi"ga 2 kishi

"Jar" stadionining zaxira maydonida o'tgan mashg'ulotlarda Sardorbek Mahmudov va Xumoyun SHerbo'taev ko'rinish bermadi. Mazkur futbolchilar avvalroq Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Neftchi" tarkibiga qo'shilishgan edi.

3. AGMK Eldorni qaytardi

Olmaliq jamoasi mavsumning dastlabki qismida 14 ta (chempionlik kurashidagi raqiblar esa 2 marta kamroq) to'p o'tkazib yubordi. O'z-o'zidan Mirjalol Qosimov mudofaa chizig'ini mustahkamlash haqida o'ylayapti. AGMK rahbariyati birinchi navbatda bu mavsum ajoyib o'yin ko'rsatayotgan, Osiyo kubogida nimalarga qodirligini yana bir marta isbotlagan Eldor Begimovni Olmaliqqa qaytardi

Malumot uchun, himoyaning istalgan nuqtasida o'ynay oladigan Begimovning transfer huquqi aynan AGMKga tegishli. U "Olimpik"da ijara shartnomasi asosida o'ynayotgan edi.

4. Yarim himoyachilar Bekobodga

Kapadze jamoasini yana 2 nafar futbolchi tark etgan. "Olimpik" asosiy tarkibidan muqim o'rin ololmagan Bektemir Abdumannonov va Davron Anvarov 2-davrada "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

"Olimpik" tarkibida yana bir qancha o'zgarishlar bo'lishi kutilyapti. Faqat bu Dukent (Angren)da o'tadigan 5 kunlik yig'indan keyin malum bo'ladi. 

obuna bo'ling → "Futbol analizi"

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика